Yodgora G'oipovna - O'zbegim

Erkalarman mehrim jo'shib quyoshingni
Dunyo ko'rdi hurlig uchun bardoshingni
Bir jonimni fido etay o'zbegimga
Erkin ,ozod kunlar arti ko'z yoshingni

Chiroyli yurt bo'stonlaring bulbul navo
Alisherning hikmatlari dilga davo
Ajdodlarim ruhi qo'llar vatanimni
Kuylab o'tay halqim uchun mehru vafo
Kuylab o'tay halqim uchun mehru vafo

Naqorat:
Alpomishsan ,Barchinoysan o'zbegim
Vatan deya jon bergansan o'zbegim
Izlaridan buyuk avlod qoldirgan..
Yagonamsan, birdonamsan o'zbegim (x2)

Chamaningda chiroy ochdim mehring bilan
Tuprog'ingni ko'zga suray sajda bilan
Tariflasam loldur doim butun jahon
Osmoning tinch bo'lsin mudom O'zbekiston

Jannatmakon yurtim sening qiyosing yo'q
Humo misol yurtboshing bor ko'ngillar to'q
Ne istasang ijobatlar bo'lar illoh
Panohida asrar yurtim buyuk Alloh
Panohida asrar yurtim buyuk Alloh

Naqorat:
Alpomishsan ,Barchinoysan o'zbegim
Vatan deya jon bergansan o'zbegim
Izlaridan buyuk avlod qoldirgan..
Yagonamsan, birdonamsan o'zbegim (x2)



Бошка кушик матнлари:


Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Dilfuza Rahimova - Elimga
Sherali Jo'rayev - O’zbegim
Shahzoda - O’zbegim
Ulug'bek Holiqov - Bu kechada


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты