Sardor Mamadaliyev - Onangizni asrang

G`animat diydori armon bo`lmasdan,
Bir kun tirikligi yolg`on bo`lmasdan,
Bugungi imkonni qo`ldan bermasdan,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Shirin xotiralar so`zlab qolasiz,
Bir kun izlarini izlab qolasiz,
Oxir afsuslarda yig`lab qolasiz,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Har bir ota-ona farzand deb yashar,
Bolasin baxti deb, jonini to`shar,
Ularning baxtiga kim baxtlar qo`shar,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Keksaygan chog`ida holiga qarang,
Ularning dunyosin baxtlarga o`rang,
Xafa qilmang aslo, ko`ngliga qarang,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Onasi hayotlar, baxtlisiz, biling,
Otasi hayotlar, taxtlisiz, biling,
Tiriklik chog`ida qadriga yeting,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Hech qachon oqibat iplarin uzmang,
Mol-davlat topay deb siz yo`ldan ozmang,
Yaxshilik yo`lidan qalbingiz to`smang,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Ahad Qayum yozar ba’zan nasihat,
Dildagi so`zlarni tushuning faqat,
Hech qachon ularga yetmasin bir dard,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliev - Onangizni asrang
Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota
Asilbek Negmatov - Qarang-qarang


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты