Sarvar va Komil - Yomg’irlar

Tun. Ko`chadaman men, yog`moqda yomg`ir,
Hamma xursand, nega menga og`ir?
Go`yo sherik bo`lib yog`ar yomg`ir,
Bugun yomg`ir.

Ayt, nega men sensizlikda baxtsizman?
Kerakligingda men keraksizman?
Bugun yomg`ir yog`ar, alam qilar,
Befarqsan.

Yomg`ir, dardlarim bilasanmi?
Qanchalik og`ir, sezasanmi?
Yoki ataylab yog`averasanmi?

Tinmay yog`adi yomg`ir,
Tinmay bir seni eslatar
Bu yomg`irlar.
Tinmay yog`adi yomg`ir,
Tinmay qalbimni tilkalar
Bu yomg`irlar.

Jim dardimni tinglar bugun yomg`irlar,
Sezdirmayman, lek yuragim yig`lar.
Yuzlarim silab, ko`z yoshim yuvar
Bu yomg`irlar.

Esla, har tomchi yomg`ir – izhorim derding,
Yog`ganida meni eslang derding,
Yil bo`yi yomg`ir yog`di, lek sen qaytmading,
Bir bor eslamading.

Yomg`ir, dardlarim bilasanmi?
Qanchalik og`ir, sezasanmi?
Yoki ataylab yog`averasanmi?

Tinmay yog`adi yomg`ir,
Tinmay bir seni eslatar
Bu yomg`irlar.
Tinmay yog`adi yomg`ir,
Tinmay qalbimni tilkalar
Bu yomg`irlar.

Bu yomg`irlar…



Бошка кушик матнлари:


Muhriddin Islomov - Yulduzim
Yagzon guruhi - Esla meni
Ravshanbek Bektemirov - Jim-jim
Sarvar va Komil - Yog’adi yomg’ir
Sarvar va Komil - Yurak yig’lar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты