Hamdam Sobirov - Kapalagim



Ortingga qaramay ketayabsan
Men yo`q joylarga, uzoqlarga.
Menga endi yashashni o`rgat
Sen yo`q joylarda, yolg`onlarda,
Yolg`onlarda.

O, mening kapalagim, mendan uzoqlarga uchma,
O, mening kapalagim, daydi shamollarga uchma.
O, mening kapalagim, ohista qo`ngin kaftimga,
Qo`yvormayman seni, o, mening kapalagim.

To`xtagin qo`rqma chaqmoqlardan,
Qo`rqmagin guldagi qarmoqlardan.
Rashkim yomon, qizg`onaman hatto yaproqlardan,
Nozikkinam, kapalagim.

O, mening kapalagim, mendan uzoqlarga uchma,
O, mening kapalagim, daydi shamollarga uchma.
O, mening kapalagim, ohista qo`ngin kaftimga,
Qo`yvormayman seni, o, mening kapalagim.

Sevgimiz kimlarning qo`lida,
Boshqarar yosh boladek yo`lida.
Taqdirimiz hal bir so`zida,
Yashaymiz go`yo dengiz tubida.

Mendan xafa-xafa bo`lib ketma,
Yuragingga zardalar qilib mendan kechma.
Oson bo`lmaydi tushun, darddan qochib ketsang,
Yo`q, qasam ichma, qasam ichma,
Nozikkinam, kapalagim.

O, mening kapalagim, mendan uzoqlarga uchma,
O, mening kapalagim, daydi shamollarga uchma.
O, mening kapalagim, ohista qo`ngin kaftimga,
Qo`yvormayman seni, o, mening kapalagim.



Бошка кушик матнлари:


Munisa Rizayeva - Daydi
Yodgor Mirzajonov - Seni qizg`onaman
Yulduz Usmonova - Men seni qizg’onaman
Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Asilbek Negmatov - Ketsang ketaver


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты