Bojalar guruhi - Bo’zatov

Vatanimizda yoshlar uchun barcha imkon bor,
Har sohada iste’dodlarga doim e’tibor.
Marralarga yetishga sabab bo‘ldi bu besh tashabbus,
Bo‘zatov seni chorlaydi, bo‘lajak yulduz!

O‘zingni ko‘rsatishga axir juda zo‘r imkon,
Porlab yulduz bo‘lishga. Faqat o‘zingga ishon.
Natija mahoratda va tinimsiz mehnatda,
Bo‘zatov iste’dodlarni kashf etadi, albatta.
Bo‘zatov!

Sizlarni chorlar Bo‘zatov,
Iste’dodlarni Bo‘zatov.
Besh tashabbusning mahsuli bu,
Marhamat qiling – Bo‘zatov. (x2)

Ovozingni, iste’dodingni ko‘rsat qani-qani,
Lol qoldirib qo‘ya olasanmi hammani?
O‘zingniki qila olasanmi sahnani?
Iste’doding ko‘rsat, bu zo‘r Bo‘zatov.

Tamom-tamom, bekorchilik vaqt o‘tdi,
Iste’dodingga ishon, ruhiyatingni ko‘tar.
Qani jo‘r bo‘lib, birgalikda kuylashaylik,
Bir maqsad sari Bo‘zatovda birlashaylik.

“Bo‘zatovFest”da baxshilar va opera ijrochilar,
Dilga yaqin taronalar, o‘zimizning maqomchilar.
Ijod ahli kelinglar, bayram Bo‘zatov elinda,
Porlab ketajaksiz albat “Bo‘zatov” festivalinda.

Bu sening omading, ko‘rsat iste’doding,
Barchani lol qoldir, ushalar orzuying.
Qo‘rqma, o‘zingga ishon, bu sen uchun zo‘r imkon,
Va sen bo‘lasan albatta kelajakda mashxur inson.

O‘zingni ko‘rsatishga axir juda zo‘r imkon,
Porlab yulduz bo‘lishga. Faqat o‘zingga ishon.
Natija mahoratda va tinimsiz mehnatda,
Bo‘zatov iste’dodlarni kashf etadi, albatta.
Bo‘zatov!

Sizlarni chorlar Bo‘zatov,
Iste’dodlarni Bo‘zatov.
Besh tashabbusning mahsuli bu,
Marhamat qiling – Bo‘zatov. (x2)

Bo‘zatovFest, Bo‘zatov… {x2+x1}



Бошка кушик матнлари:


"Yulduzcha" va "Men Yulduzman" tanlovi ishtirokchilari - Besh tashabbus
Farrux Xamraev - Kuta olasanmi
Sardor Mamadaliyev - Hayot davom etadi
Bojalar guruhi - Lol bo’laman
Bojalar guruhi, Rayhon - Yalle-yalle


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты