Tushda bosh kiyim | Тушда бош кийим

BOSH KIYIMI (KULOH) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda bosh kiyimini ko‘rish uning qiymatiga muvofiq izzat va obro‘ bo‘ladi. Tushida g‘oziylarning bosh kiyimini ko‘rsa, dushmanga g‘olib bo‘lishini bildiradi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida turklarning kulohini ko‘rsa, qiyinlik bilan foyda topishiga dalildir. Tushida mug‘ (otashparastlar) kulohini ko‘rsa, bu dunyo izzatini topishi, biroq dinda zaif bo‘lishiga dalildir. Agar tushida podshoh bosh kiyimini ko‘rsa, hurmat va obro‘ topishiga dalildir. Agar unnobiy kulohini ko‘rsa, shod bo‘lishi va manfaat topishiga dalildir. Agar rumiy kulohni qo‘lida ko‘rsa, diniy va dunyoviy yaxshiliklar ko‘rishiga dalildir. Agar kulohni sallasi ustiga qo‘yganini ko‘rsa, odamlardan yashiradigan bir ishga mubtalo bo‘lganiga dalildir. Agar ipakdan qilingan kulshni ko‘rsa, foyda topishiga dalildir. Boshida tilladan qilingan kuloh borligini ko‘rsa, odamlardan foyda topishiga dalildir. Marvariddan qilingan bosh kiyimini ko‘rsa, odamlar qoshida aziz bo‘lishi, dindor va g‘oziy odam bilan suhbat qurishiga dalildir. Bosh kiyimining temirdan ekanini ko‘rsa, podshoxdan izzat va obro‘ ko‘rishiga dalildir. Yog‘ochdan qilingan bosh kiyimini ko‘rsa, o‘zini odamlar oldida xor qilib ko‘rsatib, yolg‘ongapirishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yozlik bosh kiyimini qishda boshiga kiyganini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalildir. Buning aksini ko‘rsa, maqsadidan noumid bo‘lishiga dalildir. Boshida qora bosh kiyimini ko‘rsa va bedorlikda ham uni kiyib yurgan bo‘lsa, xayru manfaat topishini bildiradi, Tushida boshidan bosh kiyimi tushib ketganini ko‘rsa, amalidan tushishi yoki kuchli g‘am yuz berishiga dalildir. Aytib o‘tilgan bosh kiyimlaridan bir kiyimni boshiga kiydirganlarini ko‘rsa, o‘sha bosh kiyimning qimmatiga muvofiq ulug‘lik va obro‘ topishiga dalildir. Agar tushida boshidan boy kiyimini olib qo‘yganlarini ko‘rsa, obro‘-e’tibordan tushishiga dalildir. Agar ayol kishi tushida ikki burchakli bosh kiyimini kiyganini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ilishiga va o‘sha o‘g‘il podshoh bo‘lishiga dalildir. Agar tushida vazirlik bosh kiyimini unga kiydirganlarini ko‘rsa, uning dini soz emasligiga dalildir, ammo podshohlar uchun yaxshi bo‘ladi. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida bosh kiyimida ekanini ko‘rsa, sharaf va izzatining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Tushida bosh kiyimi eski va yirtilgan ekanini ko‘rsa, g‘amgin. bo‘lishiga dalildir. Tushida begona bir odam uning kiyimini olib qochganini ko‘rsa, ulug‘ bir odamdan uzoqlashishini bildiradi. Bosh kiyimi suvsar, tulki, yoki shunga o‘xshashlarning terisidan ekanini ko‘rsa, dinda bo‘lmagan bir ulug‘ kishidan sharaf va ulug‘lik ko‘rishiga dalildir. Tushida bir bosh kiyimini kiyganini va uni bedorlikda hechqachon kiymaganini ko‘rsa, agar u oq bo‘lsa, uning uchun yaxshilik bo‘ladi, agar yashil bo‘lsa, uning uchun yomon bo‘ladi, agar qizil bo‘lsa, bemorlikka dalildir. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida ziynatlangan bosh kiyimini kiyganini ko‘rsa, uning qiymatiga muvofiq izzat va ulug‘lik topishiga dalildir, biroq dinida nuqson bo‘ladi. Agar bosh kiyimi olovga tushganini ko‘rsa, podshoh uning mulkini musodara qilishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bosh kiyimi sharaf va ulug‘likka dalil bo‘ladi va u tushda olti narsani bildiradi: amalni; rayosatni; ulug‘likni; izzat va obro‘ni; miqdorni va e’tiborni. Tushdagi bosh kiyimini tikuvchi ulug‘lar xizmatini qiluvchi kishidir. Ro’mol: Agar ayol kishi boshiga chiroyli ro’mol o’ragan bo’lsa, o’ngida ko’p muammolar paydo bo’ladi. Ro’molini tushida yo’qotgan bo’lsa, o’ngida obrusi tushishi mumkin.



Tushda go’ng tezak | Тушда гунг, тезак Tushda go’ng, tezak | Тушда гунг, тезак
Tushda a’zolar og’rig’i | Тушда аъзолар огриги Tushda azolar og’rig’i | Тушда азолар огриги
Tushda gavhar | Тушда гавхар Tushda gavhar | Тушда гавхар
Tushda ariq suvi | Тушда арик суви Tushda ariq suvi |Тушда арик суви
Tushda go’r | Тушда гур Tushda g’or | Тушда гор


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты