ARIQ SUVI (JUYI OB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ariq suvi bordi-yu xushta’m va toza bo‘lsa shirin hayot kechirishiga dalil bo‘ladi. Agar noma’lum bir ariqdan toza suv ichayotganini ko‘rsa, ichayotgan odam safarda yoki bir begona yerda bo‘lsa noma’lum ishlarga mashg‘ul bo‘lishi va umrini shu ishlarga sarflashi va arikdan ichgan suvi mikdoriga muvofiq bu ishlardan foyda ko‘rishiga dalildir. Agar ariq suvi sho‘r, bemaza va noxush bo‘lsa hayotning achchiq bo‘lishini bildiradi. Har kim tushida ravon oqayotgan toza suvli ariqni ko‘rsa, ishlari ravon bo‘lishiga dalildir. Agar arikdagi suvni loyqa ekanini ko‘rsa, ishi betartib va nuqsonli bo‘lishiga dalildir. Har qanday yerdagi ariq suvi o‘sha yerdagi nohiyaga dalil bo‘lib, undagi ortiqcha va kamlik shu yerdagi vakilga dalolat qiladi. Agar birorta so‘riga o‘tirganini ko‘rsa va o‘sha so‘ri ostidan suv oqayotganini bo‘lsa, davlat va iqbol unga yuz ko‘rsatishi va ikki dunyodagi ahvoli yaxshi bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Albatta, Alloh imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur (Haj surasi, 14-oyat). Agar ariqdagi toza suvga o‘tirganini ko‘rsa, g‘amdan shodlikka chiqishiga dalildir, agar bemor bo‘lsa shifo topishiga, qarzdor bo‘lsa qarzidan qutulishiga, safarda bo‘lsa tez qaytishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi ariq muhtasham va manfaatga boy kishini bildiradi. Agar tushida ariq suvidan olayotganini ko‘rsa, olayotgan suvining miqdoriga muvofiq o‘sha muhtasham odamdan mol topishini bildiradi. Kichkina ariq hayot va ro‘zgo‘zaronchilikdir. ARIQ SUVI (JUYI OB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ariq suvi bordi-yu xushta’m va toza bo‘lsa shirin hayot kechirishiga dalil bo‘ladi. Agar noma’lum bir ariqdan toza suv ichayotganini ko‘rsa, ichayotgan odam safarda yoki bir begona yerda bo‘lsa noma’lum ishlarga mashg‘ul bo‘lishi va umrini shu ishlarga sarflashi va arikdan ichgan suvi mikdoriga muvofiq bu ishlardan foyda ko‘rishiga dalildir. Agar ariq suvi sho‘r, bemaza va noxush bo‘lsa hayotning achchiq bo‘lishini bildiradi. Har kim tushida ravon oqayotgan toza suvli ariqni ko‘rsa, ishlari ravon bo‘lishiga dalildir. Agar arikdagi suvni loyqa ekanini ko‘rsa, ishi betartib va nuqsonli bo‘lishiga dalildir. Har qanday yerdagi ariq suvi o‘sha yerdagi nohiyaga dalil bo‘lib, undagi ortiqcha va kamlik shu yerdagi vakilga dalolat qiladi. Agar birorta so‘riga o‘tirganini ko‘rsa va o‘sha so‘ri ostidan suv oqayotganini bo‘lsa, davlat va iqbol unga yuz ko‘rsatishi va ikki dunyodagi ahvoli yaxshi bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Albatta, Alloh imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur (Haj surasi, 14-oyat). Agar ariqdagi toza suvga o‘tirganini ko‘rsa, g‘amdan shodlikka chiqishiga dalildir, agar bemor bo‘lsa shifo topishiga, qarzdor bo‘lsa qarzidan qutulishiga, safarda bo‘lsa tez qaytishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi ariq muhtasham va manfaatga boy kishini bildiradi. Agar tushida ariq suvidan olayotganini ko‘rsa, olayotgan suvining miqdoriga muvofiq o‘sha muhtasham odamdan mol topishini bildiradi. Kichkina ariq hayot va ro‘zgo‘zaronchilikdir.