Tushda podshoh | Тушда подшох

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar alayhissalomning qulog‘ini o‘z oldida ko‘rsa, ya’ni takbir va namozda muntazir bo‘lsa; to‘rtinchi — Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning minbarda xutba o‘qiyotganini; beshinchi — Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning libosini kiyganini; oltinchi — barmog‘ida uzuk borligini; yettinchi — quyosh yoki oyga aylanib qolganini; sakkizinchi — o‘z badanining daryoga aylanib qolganini; to‘qqizinchi — ko‘zi shahar devoriga aylanib qolganini; o‘ninchi — ko‘zi Jomi’ masjidining mehrobiga aylanib qolganini; o‘n birinchi — o‘lgan podshoh unga o‘z uzugini berganini; o‘n ikkinchi — ko‘zlari sigirga aylanib qolganini ko‘rsa. Bu o‘n ikkita narsani tushda ko‘rmoq saltanat va podshohlik topmoqqa dalildir. Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, podshoh libos yoki kuloh berganini ko‘rsa, u o‘z xalqiga rais yoki hokim bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar podshohning boshida yangi pokiza bosh kiyimini borligini ko‘rsa, bu uning izzati va obro‘yi, iqboli, ishlarining sozligi va umrining uzun bo‘lishiga dalildir. Agar podshohning boshida kir va yirtiq boshkiyim ko‘rsa, podshohning ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Podshohning boshida Rasul alayhissalomning davridagi sahobalar boshida bo‘lgani kabi salla borligini ko‘rsa, adolat va insof bilan ish tutuvchi podshohlikka yetishiga dalildir. Agar podshohni shamol ko‘targanini va shamol uning izmida bo‘lganini ko‘rsa, jahon podshohligini egallashiga dalildir. Agar podshoh bo‘lib qolganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchining badavlat bo‘lishiga dalildir. Podshoh uning saroyi yoki ko‘chasiga kirganini ko‘rsa va kirgan joyda yig‘i-zori va nafrat hollari yuz berganini ko‘rsa, podshoh tomonidan o‘sha mavze ahliga g‘amu kulfat yetishiga daliddir. Alloh ta’olo aytadi: U aytdi: Aniq-ki, podshohlar qachon biror qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar. . . (Naml surasi, 34-oyat). Agar podshoh kirgan joyda unga qarshilik qilinmayotganini ko‘rsa, o‘sha mavze ahliga ziyon-zahmat yetmasligiga dalil bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, podshoh o‘lsa va dafn qilinmasa, unga yig‘lamayotgan bo‘lsalar, kafanlamayotgan yoki tobutini ko‘tarmayotgan bo‘lsalar, bu podshoh saroyining ba’zi qismlarining xarob bo‘lishiga dalildir va dili g‘amgin bo‘lishining ehtimoli borligiga ham dalolat qiladi. Agar podshoh Ka’baning o‘z saroyiga aylanganini yoki uning saroyi Ka’baga aylanib qolganini ko‘rsa, mamlakatining hech qachon zavol topmasligi va dushmandan omonda bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh birovga salom qilsa yoki birov podshohga salom bersa, g‘amu anduxdan omon bo‘lishiga dalolat qiladi, chunonchi, X,aq ta’olo aytadi: . . .To qachonki, ular uning darvozalari ochilgan holda ekanida yetib kelganlarida va uning qo‘riqchilari: Sizlarga salom! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qoluvchi bo‘lgan holla-ringizda kiringiz, deganlarida (ular behad shodlanurlar) (Zumar surasi, 73-oyat). Agar podshoh qo‘lida arqon borligini ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lga yurishi, adolat va insof bilan yo‘l tutishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Hammangiz Allohning arqoni (Qur’on)ni mahkam tuting va firqalarga bo‘linmang. . . (Oli Imron surasi, 103-oyat). Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar podshoh huzurida bo‘lganini ko‘rsa, podshohdan bahramandlik va nasiba topadi. Agar podshohni o‘ziga qarashli saroy yoki ko‘chada libosda ko‘rsa, podshoh obro‘yining oshishiga, ulug‘ligi va qudrati yuksalishi, a’yonlari, xodimlari, mol va xazinalari ko‘payishiga dalildir. Agar podshoxda biror kamchilik ko‘rinsa, ta’biri yuqorida aytilganning aksi bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, podshoh yuzini osmonga qilib uxlayotgan bo‘lsa, podshohligi ketishiga dalildir. Agar podshoh yerga kirib ketganini ko‘rsa, o‘zga bir podshoxdan hurmat va e’tibori oshishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, agar bir kishi podshohni ochiq yuzli va hurram holda ko‘rsa, ishlari yurishib ketishiga dalildir. Agar biror kishi tushida podshohning vazirini ko‘rsa, tezda sozlik topadigan biror ishni amalga oshirishiga dalildir. Agar podshohning Xojibini (eshik og‘asi)ni ko‘rsa, ishlarining buzilishi, biroq oqibat natijada murodiga yetishiga dalildir. Agar podshohning nadibini (yaqinini) ko‘rsa, unga biror kishidan nadomat yetishiga dalildir. Agar podshohning mulozimlarini ko‘rsa, ishlari sozu durust bo‘lishiga dalildir. Agar podshohning mirshablari va nadimlarini ko‘rsa, ishlarining yurishib ketishiga dalildir. Agar podshohning vazirini ko‘rsa, biror kishidan malomat topishi va yo‘qotgan narsasini yana qo‘liga qaytib kelishiga dalildir. Agar podshohning chorkarlarini ko‘rsa, biror kimsadan malomat topishi va yaramas ishidan ojizlik yetishiga dalildir. Agar podshohning zindonchilarini ko‘rsa, g‘amgin va nochor bo‘lishiga dalildir. Agar podshohning jallodini ko‘rsa, undan murodi hosil bo‘lishiga dalildir. Agar podshohning dabiri (kotibi)ni ko‘rsa, izlagan narsasini topishiga dalildir. Agar podshohning qurolini ko‘rsa, birorta ayoldan manfaat topishiga dalildir. Agar podshohning rikobdor (jilovdori)ni ko‘rsa, yolg‘on va foydasiz so‘z eshitishiga dalildir. Agar podshohning jomadori (liboslariga qarovchisi)ni ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar podshohning davotdori (qalam va siyohlarga qarovchisi)ni ko‘rsa, ayollardan biror narsa hosil bo‘lishiga dalildir. Ismoil Apgasning aytishicha, agar podshoh bir shaharga kirsa va o‘sha shahar ustidan g‘alaba qilsa, o‘sha shahar ishlari nuqson va ofatga yuz tushishiga dalildir. Agar podshoh uning uyida uxlaganini ko‘rsa, podshohning unga ishi tushishiga dalildir.



Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda libos, kiyim | Тушда либос, кийим
Tushda libos | Тушда либос
Tushda namoz | Тушда намоз
Tushda bosh | Тушда бош


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты