Tushda surma | Тушда сурма

SURMA (SURMA) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi surma moldir. Agar ko‘ziga surma tortayotganini va bundan maqsad ko‘z nurini oshirish bo‘lsa, dinini yaxshilashga intilishiga dalildir. Agar bundan maqsad o‘ziga oro berish va ziynat bo‘lsa, odamlar unga madhu sano aytishlari uchun odamlar orasida o‘zini dindor qilib ko‘rsatishga intilishni bildiradi. Agar birov unga surma berganini ko‘rsa, o‘sha surma mikdoricha mol topishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, tushda ko‘zga surma qo‘yish erkak va ayollar uchun moldir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, ko‘zga surma qo‘yish haq va savob yo‘lini bildiradi, xususan, surmani andozaga muvofiq ko‘ziga surgan bo‘lsa. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdani surmafurush odamlarga din va musulmonlik yo‘lini ko‘rsatuvchi, odamlar orasida tinchlik tarqatuvchi kishi bo‘lib, chunonchi, u bilan ko‘zlar ravshan bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi surma sotuvchi din ishlarini ham, dunyo ishlarini ham yaxshilovchi kishidir. Ismoil Ash’asning aytishicha, tushdagi surma sotuvchi kishi o‘z dinini hamda boshqa kishilarning dinini yaxshilovchidir, chunki ko‘z tushda dinni bildiradi, surma esa ravshanlikdir.



Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты