Tushda tarozi | Тушда тарози

TAROZI (TAROZU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tarozi qozini bildiradi. Agar tushida yangi tarozisi borligini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, o‘sha mavzeda qozi yoki dini pok faqih olim bo‘lishini bildiradi. Tarozining pallalari qozining quloqlaridir. Tarozining toshlari qozining dushmanlari orasida amalga oshirayotgan so‘roq savol va adolatni bildiradi. Agar tarozi nodurust ekanligini ko‘rsa, qozining to‘g‘ri va sof emasligini va amalga mayli kuchli ekanligiga da- lildir. Agar tarozining ko‘rsatkichi singanini ko‘rsa, o‘sha diyor qozisining o‘lishiga dalildir. Tarozidagi ortiq yoki kamlik, qozining adolat va insofda ortiq va kamligini bildiradi. Tushdagi tarozi, qiluvchi kishi odil podshohni bildiradi. To‘g‘ri tarozi to‘g‘ri hukm chiqaruvchi qozi yoki odil vazirdir. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi tarozi olti narsaga dalildir: qoziga; podshohga; diniy olimga; o‘rtada turuvchi vositachiga; to‘g‘ri hukmga; egri hukmga.



Tushda tarozi | Тушда тарози
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты