Tushda til | Тушда тил

TIL (ZABON) Bilginki, til tush ko‘ruvchining tiliga dalil bo‘lib, yaxshi va yomon ishlarni yuzaga chiqaruvchidir. Ibn Sirin aytadiki, agar kishi hech qanday xusumatsiz tilining kesilganini va nuqsonli bo‘lib qolganini ko‘rsa, hujjat ko‘rsatish va isbot paytida tili bog‘lanib qolishiga dalildir. Agar tilining eniga yoki uzuniga ziyoda bo‘lib qolganini ko‘rsa, hujjat va isbot paytida tili ravon bo‘lishiga va zafar topishiga dalildir. Kirmoniy aytadiki, kishi tilining ikkita bo‘lib qolganini ko‘rsa, Haq ta’olo unga ilm va donolik ato qilishiga dalildir. Agar so‘zlamaslik uchun o‘zi o‘zining tilini kesganini ko‘rsa, yomon so‘zlarni aytmaslikni va gapirmaslikni ixtiyor qilishiga dalildir. Agar tilidan yomon xato sodir bo‘lganini ko‘rsa, Xudo rozi bo‘ladigan so‘z aytishiga dalildir. Agar biror kimsa uning og‘ziga til qo‘yayotganini ko‘rsa, so‘zlashda kimdir unga quvvat bo‘lishiga dalildir. Agar biror kimsaning tilini so‘rayotganini ko‘rsa, o‘sha odamdan ilm va donish hosil qilishiga dalildir. Jobir aytadiki, agar kishi tilining gung bo‘lib qolganini ko‘rsa, din va dunyosining buzilishiga dalildir. Agar bir darvishning tilini kesib olganini ko‘rsa, darvishga biror narsa berishi va uning tilini tiyib qo‘yishiga dalildir. Agar ayollarning tilini kesganini ko‘rsa, uning siri ochilishiga dalildir. Agar tilini og‘zida mahkam tutganini ko‘rsa, xatosi yoki qarzini inkor qilishiga dalildir. Doniyol alayhissalom aytadilarki, tili kuchli va qalin bo‘lganini ko‘rsa, munozaraga usta, so‘zga chechan bo‘lishiga va dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Agar tilining uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, qo‘pol va yomon so‘zlovchi bo‘lishiga va odamlarni ranjitishiga dalildir. Agar tilining og‘izda aylanib qolganini ko‘rsa, xor va bemor bo‘lishiga dalildir. Agar tilining yara bo‘lganini ko‘rsa, biror kishiga bo‘hton qilishi yoki biror kimsaga yolg‘ondan guvohlik berishiga dalildir. Agar tilidan mo‘ylar chiqqanini ko‘rsa, tili tufayli balo va kulfatga uchrashiga dalildir. Agar tilining shish paydo qilganini ko‘rsa, tilining shishiga muvofiq so‘zi orqali mol topishiga dalildir. Ismoil Apgas aytadiki, agar kishi tilining uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, biror kishi uni g‘iybat qilishi yoki dashnom berishiga dalildir. Agar tilining osilib qolganini va ikki shoxga bo‘linib qolganini ko‘rsa, odamlar orasida munofiqlik qilishiga dalildir. Agar og‘zida tili umuman yo‘qligini ko‘rsa, barcha mashg‘ulotlardan qo‘l yuvishi va dushman unga yopishib qolishiga dalildir. Agar tilining uchi kesilgani va gapirolmay qolganini ko‘rsa, uning ishlari ko‘proq vakili tomonidan amalga oshishiga dalildir. Agar tili qurib qolganini ko‘rsa ishi og‘ir bo‘lishiga dalildir. Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi til besh narsani bildiradi: hikmatni; rayosatni; tarjimonlikni; hojatni; dalilni.



Tushda til | Тушда тил
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Abzal Husanov - Bog’lanib qoldim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты