Tushda toj | Тушда тож

TOJ Muhammad ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi toj podshohlar uchun mulku hidoyat, ayollar uchun umr yo‘ldoshi, oddiy odamlar uchun yaxshi ahvol bo‘ladi. Agar boshida oltindan qilingan va ziynatlangan toj borligini ko‘rsa, baland e’tibor va ulug‘ obro‘ topishiga dalil bo‘ladi. Biroq, dinda va shari’at yo‘lida zaif bo‘ladi. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, dunyo ishlarida shafqatga va izzatga ega bo‘lgan kishiga turmushga chiqishini bildiradi. Agar podshoh biror kishining boshiga toj kiydirganini ko‘rsa, o‘sha kishi podshoxdan ulug‘lik va murod topishiga dalildir. Agar podshoh toj berganini va bu tojni boshiga kiyganini ko‘rsa, boyvachcha xotinga uylanishini va u tufayli murodu maqsadiga yetishini bildiradi. Agar boshidan toj tushib ketganini va singanini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir. Agar uning boshidan tojni olib qo‘yilganini ko‘rsa, xotinidan judo bo‘lishiga dalildir. Agar boshidan toj tushib ketsa va sinsa, xotinining o‘lishi yoki ahli oilasidan kimdir vafot qilib, dunyodan ketishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, agar ayol kishi boshida toj borligini ko‘rsa, eri bo‘lmasa erga tegishini, agar eri bo‘lsa, ayollarga bosh bo‘lishini bildiradi. Agar ayol kishining boshidan tojini olib qo‘yganlarini ko‘rsa, uning eri xotin olishini yoki uni taloq qilishini bildiradi. Agar podshohning boshida gavharlar bilan ziynatlangan toj borligini ko‘rsa, podshohning izzat va obro‘yi oshishiga va hurmati baland bo‘lishiga dalildir.



Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda libos, kiyim | Тушда либос, кийим
Tushda libos | Тушда либос


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты