QATRON YELIMI (QATRON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qatron harom moldir. Tushida qatroni borligini va undan birov yeganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Agar tushda libosiga yoki tanasiga qatron tekkanini ko‘rsa, harom libos kiyishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, mol tufayli balo va mehnatga tushishiga dalildir. Agar tushida qatroni uydan chiqarib tashlanganini ko‘rsa, tavba qilishiga dalil bo‘ladi.