ISIRIQ (ISPANDON) — Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida isiriq ko‘rsa, g‘amga dalil bo‘ladi. Agar isiriq yeyayotganini ko‘rsa, yeyayotgan isiriq mikdoricha unga g‘amu anduh yetadi. Har kim unga isiriq berayotganini ko‘rsa, isiriq berayotgan kishidan uning ko‘ngliga g‘am yetadi. Agar u birovga isiriq berayotganini ko‘rsa, undan o‘sha kishiga g‘am yetadi. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, har kim qo‘lida isiriq borligini, biroq undan yemayotganini, birovga berganini yoki uyidan chiqarib tashlayotganini ko‘rsa, g‘amu anduh kamroq yetishiga dalildir.