Tushda marjon shodasi | Тушда маржон шодаси

MARJON SHODASI (GARDANBAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida oq marjon shodasini taqib olganini ko‘rsa, Haq ta’olo unga ilm hamda o‘z kalomini nasib etishiga dalildir. Shodaning javhari qanchalik kuchli bo‘lsa, ilmu donish ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida uning marjon shodasi tilladan yoki qimmatbaho gavharlar bilan ziynatlangan kumushdan ekanini ko‘rsa, uning mikdoricha sharaf va ulug‘lik topishiga yoxud bo‘yniga omonatni olishiga dalildir. Agar shodasi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, omonatni topshirishiga dalildir, agar qisqa bo‘lib qolsa, ta’biri aksinchadir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, marjon shodasi tushida gavharlar bilan ziynatlanganini ko‘rsa, izzat va martaba topishiga dalildir. Agar marjon shodasining uzunligini ko‘rsa, izzat topishiga dalildir. Agar qisqa bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tushida ko‘pgina shodalari borligini ko‘rsa, ilmda juda komil bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida tilla marjon shodasini ko‘rish olti narsani bildiradi: Hajni; martabani; jang va xusumatni; omonatni; muolajani; kanizakni. Yana uning aytishicha, tushdagi tilla shoda Haj bo‘ladi, kumushi esa kanizakdir.



Tushda marjon shodasi | Тушда маржон шодаси
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda marvarid | Тушда марварид
Tushda marvarid | Тушда марварид
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты