Tushda masjid | Тушда масжид

MASJID (MASJID) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi masjid odamlar huzuriga ko‘p keladigan olim kishidir. Haq ta’olo Qur’oni Karimda aytadi: Ular o‘z diyorlaridan faqatgina Rabbimiz Allohdir, deganlari uchun quvilgan edilar. Agar Alloh odamlarning ba’zilarini ba’zilari bilan daf etib turmas ekan, albatta, Alloh nomi ko‘p zikr qilinadigan (rohiblarda) uzlatgohlar, (nasroniylarda) but-xonalar, (yahudiylarda) ibodatxonalar va (musulmonlarda) mas-jidlar vayron qilingan bo‘lur edi. . . (Haj surasi, 40-oyat). Agar tushida masjid qurganini ko‘rsa, musulmonlar uchun yaxshilik va ezgulik qilishi, bundan esa unga ajru savob yetishiga yoki birorta qavmni o‘z ishi uchun jalb qilishiga yoxud birorta qavmni din va shari’atda tutib turishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda masjid bino qilish xotin olishga dalildir. Tushida masjid qursa va uning qurilishini to‘liq tugatsa, halol xotin olishiga va bu xotinning dindor va porso bo‘lishiga dalildir. Agar masjid chirog‘ini o‘chirganini ko‘rsa, bolasi o‘lishiga dalildir. Tushida Jomi’ masjidida o‘tirganini, atrofida esa ko‘katlar o‘sib turganini ko‘rsa, unda mavjud bo‘lmagan narsa haqida gumon qilishlariga dalildir. Tushida kimdir uni masjid eshigidan qaytarganini ko‘rsa, o‘sha kishi bunga sitam qilishiga dalildir. Tushida masjidda namoz o‘qiganini, biroq yuzi qiblaga emasligini ko‘rsa, ta’biri yomon bo‘ladi. Agar masjidda qo‘l va yuzini yuvganini ko‘rsa, o‘z molini masjidga sarf qilishini va murodi hosil bo‘lishini bildiradi. Tushida masjidning vayron bo‘lganini ko‘rsa, birorta olimning o‘lishiga dalil bo‘ladi. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushda masjid qurishadaiguv ichidagi odamlarni qaytadan to‘g‘ri yo‘lga solishni, dushmanlarni g‘iybat qilishni bildiradi. Agar tushida o‘z mulki bo‘lgan bir yer masjid bo‘lganini ko‘rsa, dinda sharaf va ulug‘ topishiga va xalqni da’vat qilishiga dalildir. Tushida bir qavm bilan masjidga ketayotganini ko‘rsa, janjalkash ayolga uylanishini bildiradi. Tushida masjid ichida chiroq yoqqanini ko‘rsa, solih farzand tug‘ilishiga dalildir. Tushida Makka yoki Madinadagi masjid ichiga kirganini ko‘rsa, birga qo‘rquvdan emin bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda masjid ko‘rish o‘n ikki narsaga dalil bo‘ladi: podshohga; qoriga; olimga; raisga; imomga; xatibga; muazzinga; masjidga; amirga; xayru barakatga; xotin olishga; yaxshilik qilishga. Agar tushida jum’a masjidiga oro berayotganini ko‘rsa, odamlar undan xayru barakat topishiga dalildir. Tushida masjidni qurayotganini ko‘rsa, din va iymoning durust ekaniga dalildir. Tushida masjidga kirganini ko‘rsa, xavfdan emin bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Unga (Ka’baga) kirgan kishi omonda bo‘lur (Oli Imron surasi, 97-oyat).



Tushda masjid | Тушда масжид
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты