Tushda mehmon | Тушда мехмон

MEHMON — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mehmon biror narsa yuzasidan yig‘ilishni bildiradi. Tushida bir qavmni mehmonga chaqirganini ko‘rsa, o‘zini barcha ishlardan qo‘yadigan bir ishni qilishiga dalildir. Tushida uni oqin suv va alvon mevalar bilan to‘la bir boqqa mehmonga olib borganlarini ko‘rsa, g‘azoga chiqishi va shahid bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Ular u joylarda (so‘rilarda) suyanib o‘tirib, mo‘l-ko‘l meva-cheva va sharob chaqirurlar (Sod surasi, 51-oyat). Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida chang, chag‘ona, nay va raqs bo‘lgan mehmondorchilikni ko‘rsa, g‘am, anduh va musibatga dalildir, agar bular bo‘lmasa, xayru barakat bo‘ladi. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi mehmon g‘oyibdagi kishining kelishiga dalil bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida nikohsiz xotin olsa va uni mehmon qilsa, g‘am va qayg‘u yetishiga dalildir.



Tushda mehmon | Тушда мехмон
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты