Tushda odam tanasi | Тушда одам танаси

ODAM TANASI (TANI MARDUM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, odam tanasini tushda ko‘rish g‘amu anduh bo‘ladi, negaki tanadagi har bir nuqson yoki ortiqchalik ayshu maishatga dalil bo‘ladi. Agar tanasini ozg‘in va ingichka ko‘rsa, kambag‘allik va ishlariga to‘siq yetishiga dalildir. Semiz tana esa badavlatlik va ishlarning yurishib ketishiga dalildir. Badanidan rishta chiqsa va o‘sib ketsa, tirikchilikni xush o‘tkazishi va moli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar u tanini temir yoki misdan ekanini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalil bo‘ladi, rizqi va ne’mati serob bo‘ladi. Tani shishadan ekanini ko‘rsa, ajali yaqinlashganiga dalolat qiladi. Kirmoniy (r.a.) aytadi: Agar tani tandurust va kuchli ekanini ko‘rsa, ishlari joyida, sirlari yashirin bo‘ladi. Badanining zaif ekanini ko‘rsa, kambag‘al bo‘lib, sir-asrori ochilib ketishiga dalil bo‘ladi. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, agar tanasida ortiqchalik ko‘rsa, quvvat, boylik va dushman ustidan zafar qazonishiga belgi bo‘ladi. Agar tanasida nuqson ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksidir. Badanining boshdan oyoq shishib ketganini ko‘rsa, kasal bo‘lishiga dalolat qiladi.



Tushda odam tanasi | Тушда одам танаси
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda son | Тушда сон
Yulduz Usmonova - Xush keldilar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты