Tushda oyna | Тушда ойна

OYNA (OYNA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, oyna tushda izzat va martaba bo‘ladi. Tushida oyna ko‘rsa yo birov unga oyna bersa, oynaning katta-kichiklik miqdoricha qadru qimmat, martaba va ne’mat topadi. Birovga oyna berayotganini ko‘rsa, o‘z molu matosini birov oldiga qo‘yadi. Kumush oynaga qarayotganini ko‘rsa, hurmat va izzatiga nuqson yetadi, chunki ta’birchilar kumush oynani makruh deb hisoblaydilar. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, kishi po‘lat oynaga qarayotganini ko‘rsa, xotini homilador bo‘lsa, hamma tomonlama otasiga o‘xshagan o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol po‘lat oynaga qarayotgan bo‘lsa, o‘zi homilador bo‘lsa hamma tomonlama o‘ziga o‘xshagan qiz tug‘ilishiga dalildir. Bordi-yu, ayol homilador bo‘lmasa, eri uni taloq qilib, boshqaga uylanadi, ayol esa boshqa erga tegadi. O‘g‘il bola oynaga qarayotganini ko‘rsa, uning uchun uka tug‘iladi, agar qiz bola qarasa, singil tug‘iladi. Agar podshoh yoki a’yonlardan biri qarasa, ishdan ajraladi va hukmronlik qo‘ldan ketadi, boshqa odam uning o‘rniga o‘tiradi. Xazrati Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda oyna ko‘rish olti narsaga dalildir: xotinga; o‘g‘ilga; izzat va farmonbardorlikka; yoru do‘stlarga; hamkorga; ayon ishga. Yana uning aytishicha, musofir kishi tushida oyna ko‘rsa, izzat va ulug‘lik topadi. Qiz oyna ko‘rsa, erga tegadi, eriga aziz va qadrli bo‘ladi. Notanish kishi oyna bersa va u oynaga boqsa, g‘oyibdagi do‘stini ko‘rish bilan shod bo‘ladi.



Tushda oyna | Тушда ойна
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты