Tushda ot | Тушда от

OT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida otni ushlab olsa, u arab oti bo‘lmasa yoki birov unga ot bersa, u otga minsa, sharaf va ulug‘lik topishiga dalil bo‘ladi, lekin arab oti haqida gapirganimdan kamroq bo‘ladi. Agar otda biror narsa kam bo‘lsa, masalan, egar, to‘qim, yurgan, demak ulug‘likda biroz kamchilik bo‘ladi. Agar ot bilan jang qilayotganini, ot g‘olib kelganiii, farmoniga bo‘ysunmaganini ko‘rsa, ma’siyat va gunoh qilishiga dalil bo‘ladi. Muhammad ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, yalang‘och otga minganini ko‘rsa, musibat, ma’siyat va gunoh ko‘payishiga dalil qiladi. Agar ot boshqa odamniki bo‘lsa, aytgan narsalarimiz ot egasiga taalluqli bo‘ladi. Otning yalang‘och ekanini, ammo bo‘ysunuvchi ekanini ko‘rsa, sharaf va ulug‘likka dalil bo‘ladi. Otga minganini va u ot tbmda yoki devor ustida turganini ko‘rsa, gunohi og‘irroq va ko‘proq bo‘lishiga dalildir. Otga o‘tirganini va ot havoda uchayotganini ko‘rsa yoki otning qanotlari bo‘lib, qush kabi uchayotganini ko‘rsa, uning uchun bu dunyoda sharaf va ulug‘lik bo‘ladi yohud ot egasi safarga chiqishi mumkin. Kirmoniy (r.a.) aytadiki: Agar chavkar (ola) otga minganini ko‘rsa, odamlar guvohlik qiladigan ishga qo‘l urishiga dalildir. Qora otga minganini ko‘rsa, boylik va ulug‘lik hosil bo‘ladigan ish qilishga dalildir. Jiyron ot minganini ko‘rsa, podshohdan hurmat va diniy sozlik topadi. Agar sariq otga minganini ko‘rsa, biroz kasallikka chalinishiga dalildir. Saman otga minish ham shunga dalolat qiladi. Otdan tushsa, sharaf va izzatdan tushishiga dalildir. Yalang‘och otdan tushsa, gunoh va ma’siyat qilishni to‘xtatishga dalil bo‘ladi. Otga minsa, qurolu aslaha taqqan bo‘lsa, sharaf va ulug‘lik topishiga dalolat qiladi, hech kim unga to‘sqinlik qilolmaydi, dushman uning ustidan zafar topolmaydi. Jang qilish uchun otni choptirayotgan bo‘lsa, undan bir gunoh sodir bo‘lishi va undan xavf va qo‘rqinch hosil bo‘lishiga dalildir. Ot o‘zi bilan gaplashganini ko‘rsa, u bir ish qiladiki, bu ishdan odamlar hangu mang bo‘lib qolishadi. Uyiga yoki ko‘chasiga begona bir ot kirib kelganini ko‘rsa, otning qiymatiga qarab, bir ulug‘ nomdor kishi uyi yoki ko‘chasiga keladi va u yerda yashaydi. Agar ot uning ko‘chasidan chiqib ketsa, demak bir aziz kishi u yerdan ketadi yoki vafot etadi. Tushida biya otni tutib olsa yoki birov unga bersa, xotin olishga dalil bo‘ladi va bu xotin uning uchun muborak bo‘ladi. Agar ot qora bo‘lsa, xotinning aziz va nomdor bo‘lmasligiga dalildir. Ot go‘shtini yeyayotganini ko‘rsa, podshoh unga talabgor bo‘lib, o‘ziga yaqin qilishiga dalildir. Birorta saroy yoki ko‘chada juda ko‘p ot to‘planganini ko‘rsa, o‘sha mavzega yomg‘ir yog‘adi yoki sel keladi. Ismoil Ash’as (r.a.) aytadi: Agar yo‘rg‘a otga minganini ko‘rsa, boy va soliha ayolga uylanishiga dalildir, agar bunga loyiq bo‘lmasa, shunday ayol bilan hamsuhbat bo‘ladi va undan foyda topadi. Agar otning qulog‘i kesilgan bo‘lsa, ulug‘lar undan bexabar bo‘lishlariga dalildir. Dumsiz ot sotib olsa va unga minsa, noasl xotin olishiga dalildir. Ot bilan osmonga uchsa, so‘ng yana qaytib tushsa, podshoh qo‘lida halok bo‘lishiga dalolat qiladi. Ot tepganini yoki tishlab olganini ko‘rsa, xotini pinhona ishga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Otini o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, ayoli uchun o‘lim xavfi borligiga dalildir. Otini yo‘qotib ko‘ysa, xotinini taloq qilishiga dalil bo‘ladi. Otini sotsa, izzat va sharaf kamayadi yoki xotini undan judo bo‘ladi. Otga teskari minganini ko‘rsa, bir ishga qasd qiladiki, bu yoqimsiz ishdan o‘ziga ziyon va malomat hosil bo‘ladi. Hazrati Sodiq (r.a.) aytadi: Tushda ot ko‘rish beigga narsaga dalolat qiladi: izzatga; martabaga; farmoni o‘tishiga; ulug‘likka; xayru barakaga. Agar otiga maymun minib turganini ko‘rsa, yahudiy uning xotini bilan fasod ish qilishiga dalildir



Tushda ot | Тушда от
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda otni ko`rsa nimani anglatishi haqida bilib olamiz
Tushda ot korsa nima buladi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты