Tushda paypoq | Тушда пайпок

PAYPOQ (JUROB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi paypoq xotinlardan bo‘ladigan xodimani bildiradi. Agar ipakdan yoki oddiy ipdan to‘qilgan yangi paypoq kiyganini ko‘rsa, unga asl xodima bo‘lib, undan foydalar topishiga dalildir. Agar jundan to‘qilgan, naqsh solingan borligini ko‘rsa, chiroyli kanizak sotib olishi yoki zebo bir xotin olishiga dalildir. Agar sariq paypog‘i borligini ko‘rsa, kasalmand xodima olishiga dalildir. Agar paypog‘i qizil ekanini ko‘rsa, xodimasi sho‘x va besharm ekanini bildiradi. Agar paypog‘i qora bo‘lsa, tush ko‘ruvchi solih odam bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi, mo‘ysafid bo‘lsa yomon bo‘ladi. Agar paypog‘ining eski va iflos ekanini ko‘rsa, xodimining bir fasod ishda muttaham qilishlariga dalildir. Agar paypog‘ining yo‘qolib qolganini ko‘rsa, xodimining o‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi paypoq, mol va qidirgan narsani bildiradi. Agar paypog‘ining hidi noxush bo‘lsa molidan zakot bermasligiga va unga nisbatan odamlarning tili uzun bo‘lishiga dalildir. Agar paypog‘ining hidi xush bo‘lsa molining zakotini berishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar paypog‘i teridan bo‘lsa qaysi teridan bo‘lishiga qaraladi. Agar tuyaning terisi bo‘lsa xodimi ulug‘ himmatli va asli ulug‘ bo‘lishiga dalildir. Agar qo‘y terisidan bo‘lsa xodimi oddiy xalkdan bo‘lishiga dalildir. Agar ot terisidan bo‘lsa xodimi ulug‘lardan yoki sipohiylardan bo‘lishiga dalildir. Agar xachir terisidan bo‘lsa xodimi dala odamlaridan bo‘lishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar oyog‘ida paypoq borligini ko‘rsa, molini saqlashga dalildir. Agar oyog‘ida oq va pokiza paypoq borligini ko‘rsa, molining zakotini berganligiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi kiyilgan paypoq zakot mollarini saqlovchi kishidir. Agar paypog‘idan xush hid kelganini ko‘rsa, o‘lganida ham tirigida ham, unga sano aytishlariga dalildir. Agar paypog‘idan noxush hid kelayotganini ko‘rsa, uni malomat qilishlari va nafrat o‘qishlariga dalildir. Agar paypog‘ining yo‘qolib qolganini ko‘rsa, molidan zakot bermaslikka, molining esa yo‘q bo‘lib ketishiga dalildir.



Tushda paypoq | Тушда пайпок
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты