Tushda po’stin | Тушда пустин

PO‘STIN Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida po‘stin kiyib olganini ko‘rsa va qish fasli bo‘lsa, uning maishatini yaxshilovchi biror narsa topishiga dalil bo‘ladi, agar yoz fasli bo‘lsa ham yuqoridagicha bo‘ladi, lekin oqibatda g‘amginlik topadi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, qo‘zichoq yoki echki bolasining terisidan qilingan po‘stini borligini ko‘rsa, badavlat ayolga uylanishi va undan molu davlat topishiga dalildir. Agar suvsar terisidan qilingan po‘stin kiyganini ko‘rsa, molu davlatli ayolga uylanishiga dalil bo‘ladi. Agar tulki terisidan qilingan po‘stin kiyganini ko‘rsa, badavlat va pokdoman, lekin aldovchi va hiylagar ayolga uylanishini bildiradi. Quyon terisidan qilingan po‘stin kiyganini ko‘rsa, nobakor va badfe’l ayolga uylanshini va undan zahmat tortishini bildiradi. Agar kulrang olmaxon terisidan qilingan po‘stin kiyganini ko‘rsa, janjalkash ayolga uylanishini bildiradi. Agar tulki terisidan qilingan po‘stin kiyganini ko‘rsa, badfe’l ayolga uylanishini va u ayol o‘g‘ri va ommonatga xiyonat qiluvchi ekaniga dalildir. Agar silovsin terisidan qilingan po‘stin kiyganini ko‘rsa, iflos bir ayolga uylanishini bildiradi. Agar po‘stinining teshilib qolganini, kuyganini yoki yo‘qolib qolganini ko‘rsa, qayg‘u g‘am va molu davlatiga yetadigan nuqsonga dalildir.



Tushda po’stin | Тушда пустин
Tushda echki | Тушда эчки
Tushda echki | Тушда эчки
Tushda quyon | Тушда куён
Tushda quyon | Тушда куён


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты