Tushda saroy | Тушда сарой

SAROY (SAROY) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, agar tushida begona bir saroyga kirib qolganini, bu yerda hech kimni tanimasligini va saroyda murdalar yurganini ko‘rsa, bu oxirat saroyi ekanini va ajali yaqin ekaniga dalildir. Agar saroyga kirgani va yana qaytib chiqkanini ko‘rsa, kasal bo‘lishi, o‘lishiga yaqin qolishi va yana shifo topishiga dalildir. Agar tanish saroyga kirgani, saroy loydan bunyod qilinganini ko‘rsa, halol rizq topishiga dalildir. Agar saroyning pishiq g‘ipgg va ganjlardan qilinganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Agar bu saroydan chiqqanini ko‘rsa, haromdan tavba qilishiga dalildir. Agar keng va katta saroyga kirib qolganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar saroyni kichik va tor ekanini ko‘rsa, yuqoridagining aksidir. Agar tushida keng va katta saroyni ko‘rsa, saroy ichida ko‘shk va ayvonlar bo‘lsa, oxirat saroyida sharaf va izzat topishiga dalildir, biroq uning mavzeiga musibat yetadi. Agar o‘sha saroy singanini yoki kuyganini ko‘rsa, saroy sohibiga musibat yetishiga dalildir. Agar saroy yeri katta va keng bo‘lib qolganini ko‘rsa, kengligi mikdoricha dunyo rizqi unga keng bo‘lishiga dalildir, agar buning aksini ko‘rsa, rizq unga tor bo‘lishiga dalildir. Agar uning saroyini kavlashayotganini ko‘rsa, namoz va ibodatni kam qilayotganiga dalildir. Agar eski bir saroyni qulayotganini ko‘rsa, yaxshiliklar eshigining ochilishiga va shod bo‘lishiga dalildir. Agar yangi va ozoda bir saroyga kirganini ko‘rsa, agar boy bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga, agar kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘lishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, agar yangi saroy o‘rtasida turganini ko‘rsa, qizi yoki opa-singlisi kelishiga dalildir. Yana uning aytishicha, saroy ichidagi suppa ota va onaga dalolat qiladi. Agar saroyining suppasi yangi va ozoda ekanini ko‘rsa, ota va onasining tandurust bo‘lishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, kimki tushida katta va ozoda saroyga kirganini va bu saroy o‘ziniki ekanini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishi, izzat va obro‘ topishi, chiroyli xotin olishi va amal topishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, boy erkakka tegishiga dalildir. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda saroy ko‘rish sakkiz narsaga dalil bo‘ladi: erkak uchun xotinni, xotin uchun erkakni; badavlatlilikni; omonlik; yaxshi hayotni; molni; amalni; izzatni; omonatni.




Rick Ross - Royals (feat. Lorde)
I've never seen a diamond in the flesh Я никогда не видел алмаз во плоти I cut my teeth on wedding...

КОСМОНАВТОВ НЕТ feat. гречка - НРАВИШЬСЯ
[ "НРАВИШЬСЯ"] Ты мне, ты мне, ты мне Ты мне нравишься Но я не расскажу Ты улыбаешься Но я не...

Катя Адушкина - Лимонад
[Куплет 1, Катя Адушкина]: Я на экране и ты ловишь мой заряд, А мой контент – как будто сладкий...

Борис Гребенщиков – Мой Ясный Свет
Нет ничего драгоценнее зимы Даже когда ее нет и в помине Мы с Сарасвати играем на вине Не это ли -...

Эд и Роман Постовалов - Грустная/Душевная
Не тревожь мне душу, скрипка, Я слезы не удержу, Не томи меня своей печалью. Грусть-тоску мою с...

Ю. Савичева - И только нам, только раз.
Много есть кораблей Плавают по морю И на одном из них Ты увези меня Далеко, далеко Чтоб никто не...

11 Minutes Away - Morning After
woke up next to you this morning, проснулся рядом с вами сегодня утром, and it seemed that without...

Will Bradley - In A Little Spanish Town
Evenings are crowded with memories Вечера переполнены воспоминаниями Thrilling me again...

Егор Натс - Я тебя знаю (feat. OG Buda)
[Припев, Егор Натс & OG Buda] А помнишь как к друг другу прикасались телами Теперь ты...

Ю-Питер - Во сне
Дождь во сне, тихая вода Блеск в окне, лунная река. Ты как дождь, льешься и поешь. Ты, во мне, как...


Добавить комментарий