Tushda sichqon | Тушда сичкон

SICHQON (MUSH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sichqon tashqaridan pokdomon, ichidan esa fosiq ayoldir. Tushida sichqonni tutib olsa yoki birov unga berganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi xotinga uylanishini bildiradi. Tushida sichqonni og‘ilxonada tutib olganini ko‘rsa, birorta ayolga makru hiyla bilan uylanishini bildiradi. Agar ko‘pgina sichqonlar uning uyida to‘planganini, barchasi bir xilda ekanini ko‘rsa, sichqonlar miqdoricha bo‘lgan ayollar uyida to‘planishiga dalildir. Agar sichqonlarni har xil ekanini, chunonchi, ba’zisi qora, ba’zisi oq ekanini ko‘rsa, uning ta’biri kecha va kunduzga taalluqli bo‘ladi. Chunonchi, Sayyidi Olam (s.a.v.): Kecha va kunduz odamlarning umrini qirqadigan sichqon kabidirlar,deb aytganlar. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida burun teshigidan yoki olat teshigidan sichqon chiqqanini ko‘rsa, nobakor qiz tug‘ilishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida uyiga dala sichqonlari kelganini ko‘rsa, o‘sha yerda nobakor ayollar yig‘ilishiga dalildir. Tushdagi sichqonlar buzuq ayollarning moliga dalildir. Dala va uy sichqonlarining ta’biri bir xildir. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida sichqonni tutib olganini va uning dumi yo‘qligini ko‘rsa, pastkash xotin olishiga dalildir. Tushida sichqon uning qo‘lida o‘lib qolganini ko‘rsa, musibat yetishiga dalildir. Tushida sichqonni oyog‘i bilan ezayotganini ko‘rsa yomon xotin olishi va undan qutilishiga dalildir. Tushida sichqonga tosh otganini ko‘rsa, birovni muttaham qilishiga dalildir. Tushda o‘rinda sichqon borligini ko‘rsa, buzuq ayol unga qasd qilishiga dalildir. Tushida sichqonni yeganini ko‘rsa, buzuq ayolning molidan yeyishiga dalildir.



Tushda sichqon | Тушда сичкон
Tushda olat | Тушда олат Tushda o’lat | Тушда улат
Tushda olat | Тушда олат Tushda o’lat | Тушда улат
Tushda olat | Тушда олат Tushda o’lat | Тушда улат
Farrux Xamraev - Otam menga aytganlar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты