Tushda soqovlik | Тушда соковлик

SOQOVLIK (GUNGIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zini soqov bo‘lib qolganini ko‘rsa, kambag‘al va nochor bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida o‘zini soqov holda ko‘rsa, dinining nuqsoni va holining yomon bo‘lishiga dalildir, chunonchi, Haq subhonahu va ta’olo buyuradi: (Ular) kar, soqov va ko‘rdirlar. Bas, ular zinhor (hidoyatga) qaytmagaylar (Baqara surasi, 18-oyat). Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda soqovlik yetti narsani bildiradi: darvishlikni; ahvoli yomon bo‘lishini; g‘amu anduhni; tirikchilik nuqsonini; musibatni; mol nuqsonini; din nuqsonini. Soqov odam tushida tilining ochilib ketganini ko‘rsa, to‘xtab qolgan ishlari yurishib ketishini bildiradi.



Tushda soqovlik | Тушда соковлик
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Tushda til | Тушда тил
Tushda til | Тушда тил


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты