Tushda tavba, istig’for, tavba qilmoq | Тушда тавба, истигфор, тавба килмок

TAVBA (ISTIG‘FOR) Bilginki, istig‘for qilmoq astag‘furloh demoq bo‘lib, ma’nosi Xudoyi azza va jalladan gunohni kechirishni so‘ramoqdir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida istig‘for qilayotganini ko‘rsa, Xudoyi ta’oloning unga obro‘, mol va farzandlar ato etishiga dalil bo‘ladi. Chunonchi, Kalomi majidda aytadi: Mag‘firat talab qilinglar robbilaringizdan, ul mag‘firat qiluvchidir (Nuh surasi, 10-oyat). Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda istig‘for aytmoq to‘rt narsalar dalil bo‘ladi: molga; farzandga; Xudoyi ta’olodan kechirishni so‘rashga; gunohlardan tavba qilishga. TAVBA QILMOQ (TAVBA KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida tavba qilganini ko‘rsa, barcha gunohlari va ma’siyatlariga pushaymon bo‘lishi, Xudoyi ta’olo roziligi uchun yaxshi amallarni qilishi, dunyodan qo‘l tortishi va oxirat payida bo‘lishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda tavba qilmoq to‘rt narsaga dalildir: gunohlardan pushaymonlikka; Xudoninig rizoligiga; oxirat yo‘liga; saodatga.



Tushda tavba, istig’for, tavba qilmoq | Тушда тавба, истигфор, тавба килмок
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты