Tushda tanish yoki mashhur odam | Тушда таниш ёки машхур одам

TANISH YOKI MASHHUR ODAM (MARDI MA’RUF) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tanish yoki mashhur bir odamni ko‘rsa, bedorlikda ham uni yoki unga o‘xshagan odamni ko‘radi. Agar u notanish va yosh yigit bo‘lsa, uning dushmaniga dalildir. Agar notanish qariyani ko‘rsa, bu uning baxti bo‘ladi, xayriyat va ulug‘liklar ko‘radi. Agar yosh kishi tushida soch-soqoli oqarib ketganini ko‘rsa, diyonati va dindagi barqarorligiga dalildir. Agar tanish qariyani soch-soqoli qora holda ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qari cholni ko‘rsa, uning dindagi ziyodaligi, diyonati, barqarorligi va yaxshiligini bildiradi. Agar tushida yosh yigitni ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan zax,mat va yoqimsiz bir hol yuz berishiga dalildir. Tushida zaif bir kishini ko‘rsa, va u sovuq so‘zlarni aytsa, o‘sha toifadagi odam bilan xusumatga tushishi va uni yengishini bildiradi. Agar katta kishi go‘dagi bo‘lib qolganini ko‘rsa, birorta ishni nodonlik bilan qilishi, shu sababli odamlardan malomat eshitishiga dalildir. Agar erkak kishi tushida xotinining erkakniki kabi olati borligini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ilishi va bu o‘g‘il o‘z oilasining ulug‘i bo‘lishiga dalildir. Erkak kishi o‘zida farj (ayollarning jinsiy a’zosi) borligini ko‘rsa, uning xorligi va ahvolining yomon bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda qari kishini ko‘rish davlat va baxt, yosh yigitni ko‘rish makru hiyla va yoqimsiz narsa bo‘ladi.



Tushda tanish yoki mashhur odam | Тушда таниш ёки машхур одам
Yodgor Mirzajonov - Qora soch
Tushda soch, soqol, jun | Тушда соч, сокол, жун
Tushda soch, soqol, jun | Тушда соч, сокол, жун
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты