Tushda taroq | Тушда тарок

TAROQ (ShONA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi taroq nasabi va e’tibori yo‘q odamdir. Tushida soch-soqolini tarayotganini ko‘rsa, g‘amlardan qutilishiga, qarzidan ozod bo‘lishiga va murodiga yetishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida soqoliga taroq urayotganini ko‘rsa va soqolining birorta tolasi uzilib chiqsa, mol zakotini berishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi taroq yaxshilik ishlarida bir-biriga muvofiq do‘stlardir. Sochga taroq urish maqsadga yetishishdir. Tushdagi taroq yasovchi dildagi g‘amu anduhni haydovchi va qarzdan qutqaruvchi kishidir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, yuzini ko‘rishdan ko‘zlari ravshan bo‘luvchi chiroyli kishidir.



Tushda taroq | Тушда тарок
Tushda soch, soqol, jun | Тушда соч, сокол, жун
Tushda soch, soqol, jun | Тушда соч, сокол, жун
Yodgor Mirzajonov - Qora soch
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты