Tushda tepmoq | Тушда тепмок

TEPMOQ (LAGAD ZADAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bir kimsa tepib yuborganini ko‘rsa, undan yoki uning qarindoshlaridan ziyon tortishiga dalildir. Tushida ot uni tepib yuborganini ko‘rsa, izzat va ulug‘ligiga nuqson yetishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, buzg‘unchilik bilan shug‘ullanishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ayol kishi uni tepganini ko‘rsa, ayol sababli g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar qari kishi tepganini ko‘rsa, molining sovrilishiga dalildir. Agar tuya tepib yuborganini ko‘rsa, bir qudratli odamdan ziyon yetishiga dalildir. Agar tushida eshak tepib yuborganini ko‘rsa, safarda unga ziyon va zarar yetishiga dalildir. Agar buqa yoki sigir tepib yuborganini ko‘rsa, o‘sha yili unga ziyon yetishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tepki to‘rt narsaga dalildir: nuqsonga; zararga; g‘amu anduhga; ayoldan keladigan buzg‘unchilikka.



Tushda tepmoq | Тушда тепмок
Tushda sigir va buqa | Тушда сигир ва бука
Tushda sigir va buqa | Тушда сигир ва бука
Tushda tuya, tuya bolasi | Тушда туя, туя боласи
Tushda tuya, tuya bolasi | Тушда туя, туя боласи


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты