Tushda teshik | Тушда тешик

TESHIK (SUROX) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida teshikni ko‘rsa va unga kirib ketsa, podshohdan ogoh bo‘lishiga dalildir. Agar badanida teshik borligini va undan qon oqayotganini ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida qornida teshik borligini ko‘rsa, o‘z ayolidan omonda bo‘lmasligiga dalildir. Agar birorta toshda teshik paydo qilayotganini ko‘rsa, musulmonligi qattiq bo‘lishiga dalildir. Agar daraxtni teshayotganini ko‘rsa, ta’biri aksinchadir. Boshqa ta’birchilarning aytishlaricha, teshik miqdoriga muvofiq moliga nuqson yetadi. HIKOYaT. Xabarda kelishicha, bir kishi amirul-mo‘’minin Abu Bakr Siddiq (raz.a.)ning oldiga kelib: Tushimda kichkina teshikdan katta molning chiqqanini ko‘rdim. U teshikka qaytib kirish uchun qanchalik urinmasin, baribir kirolmadi, — dedi. Abu Bakr Siddiq (raz.a.) dedilar: O‘sha teshik og‘izdir, mol esa so‘zdir, so‘z aytilgach, qaytib o‘z joyiga kirolmaydi.



Tushda teshik | Тушда тешик
Farhod va Shirin - Dedi
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты