Tushda tish | Тушда тиш

TISH (DANDON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi tishlar ahli xonadonga dalolat qiladi. Tepadagi tishlar erkaklarga, pastdagilar esa ayollarga dalil. Tepadagi tishlarning old tomonidagilari farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar yoki ota-onaga, ularning yonidagilari esa amaki va amakivachchalarga dalolat qiladi. Tishlarning oq va tozaligi ahli oilaning izzat va quvvatiga belgidir. Oldingi tishlaridan birining qimirlayotganini ko‘rsa, yuqorida aytilganlardan biri bemor bo‘ladi. Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushida oldingi tishi kaftiga tushganini yo yoniga yoki yerga tushganini ko‘rsa va tuproqqa belanmasa, o‘zida aka-uka, yoki opa-singilda farzand tug‘iladi. Tishi tuproqqa tushib, yo‘qolib qolganini ko‘rsa, aytilganlardan biri o‘ladi. Tishi sinsa yoki chirib maydalansa aytilganlardan biriga ofat yetadi. Oldingi tishlardan birining ziyoda bo‘lganini ko‘rsa, aytganlarimizdan birining xurramlik va rohat topishiga dalil bo‘ladi. Hamma tishlari birdaniga to‘kilsa, ahli xonadonining halok bo‘lishiga dalildir. Tishlari qo‘l kaftiga yoki yon atrofiga tushsa, ahli xonadoni ko‘payishiga dalolat qiladi. Tishlarining kumushdan yo shishadan yoki sopoldan ekanini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Ta’birchilarning aytishlaricha, tishning tushishi qarzdan qutulishiga dalil bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.) aytadi: Tepa tishlar erkaklarga, pastki tishlar ayollarga dalolat qiladi. Tishlari to‘kilsa va ularni qo‘liga yig‘ib olsa, qarindosh-urug‘larini to‘playdi va o‘zidan judo bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Tishidan xushbo‘y hid kelayotganini ko‘rsa, yaqinlari uni maqtaydi. Aksini ko‘rsa, uni g‘iybat qilishadi. Tishi og‘riganini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalildir. Tishlari sariq bo‘lsa, o‘zi mansub kishining bemor bo‘lishiga dalildir. Tishlari qora bo‘lsa, unga qayg‘u g‘am yetadi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Tishi og‘riyotganini ko‘rsa va tishini qo‘li bilan sug‘urib, ikki qo‘li bilan tutsa, ko‘p mol topadi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki tushda tish ko‘rish olti narsani bildiradi; ahli oilani; molu davlatni; manfaatni; g‘amu anduhni; ayriliqni; zararni.




Korn - Shout
Shout shout let it all out Крик крик пусть все это These are the things I can do without Это те...

Дарья Волосевич - В этом клубе
Первый Куплет: Дарья Волосевич В этом году не повезло, ты узнала что такое бывший В голове тебе...

Алина Делисс - Печалька
Накипело так накипело Тебе от меня нужно лишь тело И дальше бежишь от меня без оглядки Игноришь...

Пасош, Увула - Искать себя
Вам скажу правду не тая Я не знаю, кто он этот я Я думал Что всё будет проще Когда ты старше Но...

Эльвира Хамматова - Яшьли сойгэн ярым
Яшьли сейген ярым, Еракларда калдын. Еракларда яшьлек танында. Тешлереме кер син, Эннеремде кил...

Ю-Питер - Во сне
Дождь во сне, тихая вода Блеск в окне, лунная река. Ты как дождь, льешься и поешь. Ты, во мне, как...

Тина Кароль - Вабити
[Текст песни "Вабити"] Вступление: Бавити, бавити є-а Бавити Вабити, вабити є-а Вабити Первый...

Sofia Karlberg - Stay
All along it was a fever Все вместе это было лихорадка A cold sweat hot-headed believers Холодный...

Эллейн Макклейн - I'm still alive
This was a triumph. Это был триумф. I’m making a note here: Я делаю замечание: HUGE SUCCESS!...

СМЕТАНА band - Клуб пиздец
[Куплет 1, СМЕТАНА band]: Ноль-шесть-один - потолки и стены в дерьме, Рок-н-ролл здесь - это...


Добавить комментарий