Tushda tovus | Тушда товус

TOVUS (TOVUS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nar tovus Ajam podshohidir. Agar tushida nar tovusi borligini ko‘rsa, podshoxdan izzat va mol topishiga dalildir. Agar tovusning moda ekanini va tovus o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, chiroyli va ulug‘ ajam xotinga uylanishiga, undan mol va farzandlar topishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida tovusning kaptar bilan juftlashganini ko‘rsa, qo‘shmachilik qilishiga dalildir. Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi tovus yaramas ayoldir. Agar tushida nar tovus u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, mansab topishiga dalildir. Agar tushida tovus va qirg‘ovul birga turganini ko‘rsa, begona erkak xotini bilan buzuqlik qilishiga dalildir. Agar uyidan tovus uchib chiqib ketganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir. Agar qo‘lida tovus borligini ko‘rsa, molu ne’mat topishiga dalildir. Agar tovusning bolasini tutib olganini ko‘rsa, oilasida qiz tug‘ilshiga dalildir. Agar nar tovus qo‘lidan uchib chiqib ketganini ko‘rsa, podshoxdan judo bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tovus ikki narsani bildiradi: ajam podshohini; xazina va molni.



Tushda tovus | Тушда товус
Tushda qirg’ovul | Тушда кирговул
Tushda qirg’ovul | Тушда кирговул
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты