Tushda tovuq tuxumi | Тушда товук тухуми

TOVUQ TUXUMI (XOYAN MURG‘) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi tovuq tuxumi kanizakni bildiradi. Agar tushida bir kishi o‘z oldida bir tovuqning tuxum qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha kishining xotin olishi va xotin bilan uzoq muddat yashashini bildiradi. Agar tushida pishirilgan tovuq tuxumini tanovul qilayotganini ko‘rsa, qiyinchilik bilan mol topishiga dalildir. Agar tushida tovuq tuxumini chala pishirilganini tanovul qilayotganini ko‘rsa, harom mol yeyishi va ranju g‘am ko‘rishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar tushida tuxum qilayotganini ko‘rsa, ko‘p xotin olishi va jimo’ga haris bo‘lishiga dalildir. Agar tushida tovuqlarga o‘xshab, tuxum bosayotganini ko‘rsa, ayollar bilan o‘tirishi va ulardan foyda topishiga dalildir. Agar tushida tovuk, ostiga tuxum qo‘yganini va tovuq tuxumni ostidan chiqarib tashlaganini ko‘rsa, uning to‘xtab qolgan ishi yurishib ketishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, uning oilasida mo‘’min farzand tug‘iladi. Agar tushida ko‘pgina tuxumga ega ekanligini ko‘rsa, oilasida ko‘p farzandlar tug‘ilishiga dalildir. O‘rdak tuxumi kambag‘al va bechora farzandni bildiradi. Chumchuq tuxumi esa shodu xurramlikka dalildir.



Tushda tovuq tuxumi | Тушда товук тухуми
Tushda jimo, jinsiy aloqa qilmoq | Тушда жимо, жинсий аълока килмок
Tushda jimo, qo’shilish, qovushish, jinsiy aloqa | Тушда жимо, кушилиш, ковушиш, жинсий алока
Tushda jimo, jinsiy aloqa qilmoq | Тушда жимо, жинсий аълока килмок
Tushda jimo, qo’shilish, qovushish, jinsiy aloqa | Тушда жимо, кушилиш, ковушиш, жинсий алока


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты