Tushda tomirlar | Тушда томирлар

TOMIRLAR (RAGHO) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi badan tomirlari ahli oilasi va qarindoshlariga dalolat qiladi. Tushida tomirlaridan biriga ofat yetganini ko‘rsa, yaqinlariga g‘am yetishiga dalildir. Badandagi har bir tomir muayyan narsaga taalluqli bo‘ladi. Peshona tomiri amaldorlarga dalolat qiladi, qo‘l va tirsak tomirlari — bolalarga, qorin tomirlari — onasining qarindoshlariga, orqa tomirlari — otasining qorindoshlariga, dumg‘aza tomirlari — oila a’zolari, xotini va do‘stlariga, boldir tomirlari — molu manfaatga dalolat qiladi. Tushida kimdir uning tomirini ochganini ko‘rsa, qarindoshlaridan xunuk so‘z eshitishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, chiqqan qonning miqdoriga qarab, qarindoshlaridan birining molini sovuradi. Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida yelka tomiridan qon oldirganini ko‘rsa, ishlari yurishmay qolishiga dalildir. Agar tirsak tomiridan qon oldirganini tush ko‘rsa, yuqoridagi ta’birga egadir. Kimdir: Mening tomirimdan qon oqayotgan edi, nima bo‘ladi?, — deb so‘rasa, unga mol topishini aytish kerak. Agar: Qo‘limdan qon oqayotgan edi, nima bo‘ladi?, — deb so‘rasa, unga ziyon yetishiga dalildir. Ta’birchi bu paytda tush aytuvchining so‘ziga qarashi kerak, ta’birni uning so‘ziga muvofiq bayon qilish lozim. Tomirini bo‘sh va ko‘k holda ko‘rsa, unga g‘am yetishiga dalildir.



Tushda tomirlar | Тушда томирлар
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты