Tushda tomoq | Тушда томок

TOMOQ (GULU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tomog‘ini sog‘u salomat va hech qanday og‘riqsiz holda ko‘rsa, omonatni topishirishi va qarzidan qutilishini bildiradi. Agar tomog‘ida ranj va illat borligini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida tomog‘ini keng bo‘lib qolganini ko‘rsa, rizqi farovon bo‘lishini, agar tor bo‘lib qolganini ko‘rsa, buning aksi bo‘lishini bildiradi. Agar tomog‘ini soz va kuchli ekanini ko‘rsa, omonatlarni yaxshi saqlashiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida tomog‘idan so‘yganlarini ko‘rsa, so‘yuvchi unga zulm qilishiga yoki dini haqida ta’na urishiga dalildir. So‘yish ravo bo‘lmagan han qanday jonivorning bo‘ynidan so‘yganlarini ko‘rsa, so‘yuvchi odamlarga sitam qiluvchi odam ekaniga dalil bo‘ladi. Tushida bir hayvonni tomog‘idan so‘yganini ko‘rsa, og‘ir ishga qolishiga dalildir. Agar hayvonni zarur bo‘lgani sababli so‘yganin va go‘shtini yeganini ko‘rsa, agar uning go‘shti halol bo‘lsa, halol mol topishi, agar go‘shti harom bo‘lsa, harom mol topishiga dalildir. Tushida birorta odamning tomog‘idan so‘yganini ko‘rsa, o‘sha odamga nisbatan adolatsizlik qilishi yoki diniga ta’na urishiga dalildir. Tushida kimnidir tomog‘idan ushlaganini va bo‘g‘ib qo‘yganini ko‘rsa, ulug‘lik va izzatdan judo bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tomoq odamlar uchun kirim va chiqim qilishdir. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushda tomoqni siqish mag‘lub tomonning hayotida tanglik yuz berishiga dalildir.



Tushda tomoq | Тушда томок
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты