Tushda uchmoq, parvoz qilmoq | Тушда учмок, парвоз килмок

UCHMOQ (PARVOZ KARDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida qushlarga o‘xshab bir joydan ikkinchi joyga uchsa, uchishning balandligiga muvofiq safarga ketishini bildiradi. Erdan baland uchish e’tibor va sharaf topishini bildiradi. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri osmonga uchib ketganini ko‘rsa, zarar yetishiga dalildir. Agar uzoq uchib osmonga yetib borganini, osmonda ko‘rinmay ketganini va yerga qaytib kelmaganini ko‘rsa, tez orada dunyodan ketishini bildiradi. Muhammad ibn Sirinning aytishicha, agar kishi qibla tomondan uchib, yana o‘z joyiga kelib tushganini ko‘rsa, safardan tez qaytishiga va bu safardan ko‘p manfaatlar topishiga, xusuyeyen, o‘zida qanotlar borligini ko‘rsa, foydaga dalil bo‘ladi. Agar beqanot uchayotganini ko‘rsa, ahvolidan o‘zgarish bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z tomidan boshqa tomga uchganini ko‘rsa, o‘z xotinini talok, qilib, boshqa xotin olishi yoki kanizak sotib olishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, osmon tomonga uchayotganini ko‘rsa, Xaj qilishini bildiradi. Agar o‘z saroyidan noma’lum saroy tomonga uchganini ko‘rsa, ajali yaqin qolganini bildiradi, tavba qilmog‘i lozim. Agar qanotlari borligini ko‘rsa, lekin qanotlari qushlarning qanotlariga o‘xshamasa, bemor bo‘lishi, xalokatga yaqin qolishi, oqibatda tuzalishiga dalil bo‘ladi. Agar bir joydan ikkinchi joyga uchib ketayotganini ko‘rsa, yaqinga safar qilishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda uchmoq besh narsani bildiradi: safarni; Xdjni; ulug‘likni; ahvoli o‘zgarishini; bemorlik va o‘limni (Alloh o‘zi asrasin).



Tushda uchmoq, parvoz qilmoq | Тушда учмок, парвоз килмок
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты