Tushda xotin (xotinini) | Тушда хотин (хотинини)

XOTIN (ZAN) Ibn Sirinning aytishicha, agar ayol kishi qiz bolasi borligini ko‘rsa, xayru manfaat topishi, qarindoshlari hamda o‘z oila a’zolaridan shod bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘g‘il tuqqanini ko‘rsa, g‘amgin va qayg‘uli bo‘lishiga dalildir. Erkak kishi xotinining o‘g‘il tuqqanini ko‘rsa, uzoq urinib qiyinchiliklardan so‘ng biror narsani qo‘lga kiritishiga dalil bo‘ladi. Agar xotini qiz tuqqanini ko‘rsa, foydasi ko‘proq bo‘ladi. Kirmoniyning aytishicha, podshohning xotini qiz tuqqanini ko‘rsa, eri boylik topishiga dalildir, agar o‘g‘il tuqqanini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Erkak kishi tushida qiz tuqqanini ko‘rsa, g‘amgin va qayg‘uli bo‘lishiga dalildir. O‘g‘il tuqqanini ko‘rsa, undan yaxshi ish sodir bo‘lishi va bu ish tufayli uning yaxshi nomi olamga yoyilishiga dalil bo‘ladi. Agar erga tegmagan qiz bola tuqqanini ko‘rsa, yuqorida aytilgan ayol haqidagi ta’birga ega bo‘ladi. Xazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, agar ayol kishi farzand tuqqanini va farzand o‘sha ondayoq u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, ayolning o‘limiga dalil bo‘ladi. Agar qiz tuqqanini ko‘rsa, uning naslidan taqvodor bir inson paydo bo‘lib, oilasida yo‘lboshchilik qilishiga dalil bo‘ladi. An-Nobulsiy: U tushda chiroyli bo’lsa, yaxshilik va rahatni olib keluvchi yildir. Tushda xotin ko’pincha sandiq, hazina qo’yiladigan joyga, to’shak va libos kabi narsaga ham dalolat qiladi. Yana mevali daraxt va quduqqa ham.



Tushda xotin (xotinini) | Тушда хотин (хотинини)
Abdulhay Karimov - To’y bola
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты