Tushda xurmo, xurmo mevasi | Тушда хурмо, хурмо меваси

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida xurmo yeganini va danagini otib yuborganini ko‘rsa, shari’at hukmlarini bajo keltirishiga dalildir. Ba’zi bir ta’birchilarning aytishicha, tushida xurmo yesa, meros topishiga dalildir. Tushida pishmagan xurmo yeganini ko‘rsa, farzandidan meros yetishishiga dalil bo‘ladi. Agar uyida xurmo daraxti borligini va u ko‘p meva qilganini tush ko‘rsa, bir ulug‘ odamga yetishuviga va undan foydalar topishishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘sha xurmo daraxti tomiri bilan qurib qolganini tush ko‘rsa, ularning orasiga judolik tushishiga dalildir. Agar tushida hovlisidagi xurmoning quruganini, so‘ng ko‘karganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchi bemor bo‘lsa, shifo topishiga dalildir. Agar xurmo tagidan kesib yuborganini tush ko‘rsa, axdi oilasidan kimningdir bemor bo‘lishini bildiradi. Kirmoniy aytadiki, har kim tushida yangi xurmo mevasi bor ekanligini ko‘rsa, qiyinchilik bilan mol hosil qilishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi xurmo bir ulug‘ odamdan yetadigan foydadir. Agar uyida va hovlisida ko‘p xurmo borligini ko‘rsa, o‘sha xurmoning mikdoriga muvofiq molu matoga ega bo‘lishiga dalildir. Agar yangi yoki quritilgan xurmodan tanovul qilayotganini tush ko‘rsa, iymon halovatini topishini va ishlari tartibga tushishini bildiradi. Agar tushida xurmo daraxtining tagidan kesayotganini ko‘rsa, qulidagi ishi do‘sti tomonidan barbod qilinishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, xurmosi borligini tush ko‘rsa, boyvachcha xotinga uylanishiga dalil bo‘ladi, boshqa fikrga qaraganda mol topadi. Tushida xurmo daraxtida ko‘p uzumlar borligini va ulardan olganini ko‘rsa, qora tanli kanizakdan farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar tushida qurigan xurmo daraxtidan yangi pishgan xurmo olganini ko‘rsa, bir munofiq kishidan muloyim so‘z eshitishiga dalildir. Boshqalarning fikriga qaraganda, nodon odamdan foydali so‘z eshitadi, bordi-yu tush egasi g‘amgin bo‘lsa, g‘amdan qutiladi. Alloh ta’olo aytadi: (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini to‘kar. . . (Maryam surasi, 25-oyat). Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki tushdagi xurmo saxovatli rais tomonidan yetadigan halol molni bildiradi. Tushdagi quritilgan xurmo pok din va halol molga dalildir, yangi xurmo esa ko‘z ravshanligi, halol mol, farzand hamda yaxshilikni bildiradi. HIKOYaT. Bir kishi Ibn Sirin (r.a.)ning oldiga kelib: Tushimda sulton saroyi eshigining oldida qirq dona xurmo topib oldim, — dedi. Ibn Sirin: Ertaga senga xudai o‘sha yerda qirq tayoq uradilar, — dedi. Aytganidek bo‘ldi. Boshqa yili yana o‘sha odam kelib: Tushimda sulton saroyi eshigi oldida qirqta xurmo topib oldim, — dedi. Ibn Sirin: Qirq ming dinor pul topasan, — deb javob berdi. U kishi: O‘tgan yili bu tushning ta’biri boshqa edi, bu yil esa ta’bir nima uchun boshqacha?, — deb so‘radi. Ibn Sirin aytdi: O‘tgan yili daraxt ustida xurmo yo‘q edi, ta’bir daraxt shoxiga qaratildi, bu yil esa daraxt ustida xurmo bor, daraxtlar yashil va toza, ta’biri esa men aytgandekdur. Xaligi kishi bir haftadan keyin qirq ming dinor topdi. XURMO MEVASI (TAL’) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tal’ bu — xurmo daraxti mevasining pishishiga yaqin holatidir. Agar tushida bitta yoki ikkita xurmo mevasini topganini ko‘rsa, oilasida farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar xurmo mevasini yeganini ko‘rsa, ko‘p molu ne’mat hosil qilishiga dalildir. Agar ko‘pgina xurmo mevasiga ega ekanini, undan yeyayotganini va hech kimga bermayotganini ko‘rsa, podshoh uning molini tortib olishiga, biroq oxiri xursand bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mevasi to‘rt narsani bildiradi: farzandni; rahmatni; manfaatni; molni zo‘rlik bilan bosib olishni. Pishib yetilmagan hurmo An-nobulsiy: U tushda suvga muhtoj kishining suv topishiga dalolat qiladi. Ko’pincha qizil hurmo ko’p qonga, dariq hurmo esa safro kasalligi ko’payishiga dalolat qiladi.




Madi - Буду ждать
Я же вижу по глазам твоим Твой взгляд на мне Но мысли с другим Как разрушили мы все Жаль, любовь мы...

JAMIK - Май
[Куплет 1] "Улыбайся чаще, - говорит мне мама И веди себя достойно, также как и папа" Да, мы...

FACE - Пей
[ "Пей"] Припев: Попадаю в чарты, я сажусь на чартер Со мной девка как Emrata, я лечу с ней в...

Allj (Элджей) - Бошки дымятся (Подружки скучают)
- Ну, что скажешь? - Идеально, просто идеально! А, а бошки дымятся, подружки скучают. Да, они...

Pasha ЭvanS & ДИF - любовь сохраним
Нашу любовь сохраним. [Куплет 1, Pasha ЭvanS]: За порогом осень разукрасит красками. Я разукрашу...

Ю. Шевчук(ДДТ) - Луч солнца золотого
Луч солнца золотого с земли скрыла пелена. И между нами словно вдруг выросла стена. Ааааааааа Ночь...

VERBEE - Забрала
[ "Забрала"] Припев: Ну зачем ты сердце мое забрала? Музыка играла, а я был в дрова Каждый день...

Алекса Пол - Два сумасшедших
Где-то в городе большом Под простуженным зонтом Встретились она и он Закружил аттракцион Его образ...

11 Minutes Away - April 8th
sitting here thinking of you сижу думаю о тебе thinking about what i should do. думать, что я...

Ю. Ряшенцев - Марш гвардейцев кардинала (Три мушкетёра)
муз. М.Дунаевский Притон, молельня, храм или таверна - Верши приказ, а средств не выбирай. Тому,...


Добавить комментарий