Tushda sharbatlar | Тушда шарбатлар

SHARBATLAR (RUBBHO) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi sharbatlar, bordi-yu xushta’m va xushbo‘y bo‘lsa, xayru barakatga dalil bo‘ladi. Buning aksi bo‘lsa, zarar, ranj va anduh bo‘ladi. Tushda sharbat tayyorlamoq agar shirin bo‘lsa, xayrli ish va manfaatni bildiradi, nordon bo‘lsa, ta’biri buning aksidir. SHARBATLAR (SHAROB) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ta’mi shirin va xushbo‘y, chunonchi, olma sharbati yoki anor sharbatini ichayotganini ko‘rsa, olti narsani bildiradi: dinning pokligini; foydani; foydali ilmni; uzoq umrni; yoqimli umrguzaronlikni; Haq ta’olo zikrini. Ammo noxush sharbatlar, chunonchi, ravoch, limon, apelsin va shunga o‘xshashlarni ichganini ko‘rsa, g‘am va anduh bo‘ladi. Ta’mi achchiq va hidi noxush, chunonchi, mirt sharbatlariga o‘xshaganlarni ichayotganini ko‘rsa, dunyo va oxirat foydasiga dalildir. Davo maqsadida ichilgan sharbatlar yaxshilik va din tozaligiga dalildir.



Tushda sharbatlar | Тушда шарбатлар
Tushda olma ko`rsa nima bo`ladi.
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты