Tushda shahar | Тушда шахар

SHAHAR (SHAHAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida shaharga kirganini ko‘rsa, dini kuchli bo‘lishiga dalildir. Agar din yo‘lida bir ishi bo‘lsa, shu ishi tugallanadi va maqsadiga yetadi, Agar shahardan chiqqanini yoki birov uni shahardan chiqarib, yuborganini ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi. Agar birov tushida o‘zini shahar kungurasida yoki ustida ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Agar uni bir shahardan ikkinchi shaharga o‘tkazib yuborganlarini ko‘rsa, xotiniga taloq berishi va xotini boshqa erga tegishiga dalildir. Agar bir shaharga borib, u yerda yashab qolganini ko‘rsa, xotini undan judo bo‘lishiga dalildir. Agar musulmonlarning shaharidan g‘ayridinlarning shahariga ko‘chib o‘tganini ko‘rsa, haq dindan botil dinga o‘tishiga va kofir ayolga uylanish ehtimoli borligiga dalildir. Agar issiq iqlimli shaharda qor va muz borligini ko‘rsa, ochlik va qahatchilik bo‘lishiga dalildir. Agar sovuq iqlimli shaharda qor va muzni ko‘rsa, ne’matlarning farovon va arzon bo‘lishiga dalildir. Agar tushida bir shaharga borganini va shahar o‘ziga yoqqanini ko‘rsa, izzat va obro‘ topishiga dalildir. Agar qishloqdan shaharga borganini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalildir. Agar shahardan qishloqqa ketayottanini ko‘rsa, murodi hosil bo‘lmasligiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: . . .Ey, Rabbimiz, aholisi zolim bo‘lgan ushbu shahar-dan bizni chiqargin. . . (Niso surasi, 75-oyat). Agar shaharda yo‘qolib qolganini ko‘rsa, ta’biri yaxshi bo‘ladi. Agar ayollarning shaharga ketayotganlarini ko‘rsa, o‘sha, shaharda fitna va balo yuz berishiga dalildir. Agar yasangan ayollarning shaharga ketganlarini ko‘rsa, o‘sha shaharda ne’mat farovon bo‘lishiga dalildir. Agar ayollarning shaharga kirib ketganlarini ko‘rsa, podshohning g‘ulomlari u yerga borib, o‘sha yer ahliga zulm qilishlariga dalildir. Agar yuzini bekitgan holda shaharga kirganini ko‘rsa, o‘sha shaharda noxush xabarlar tarqalishiga dalildir. Agar tushida shaharni sharq tomonda ekanini ko‘rsa, g‘arb tomonda bo‘lishidan yaxshirokdir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zini Hindiston shaharida ko‘rsa, yomon bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini Turkiston shaharlarida ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Agar o‘zini Bulg‘or va Saqlon shaharlarida ko‘rsa, unga xiyonat qilishlari va ishlari yomon bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini Movarounnahr shaharlarida ko‘rsa, izzat, obro‘ va omonlik topishiga dalildir. Agar o‘zini Iroq shaharlarida ko‘rsa, davlat va obodlik toiishiga dalildir. Agar o‘zini Xuroson shaharlarida ko‘rsa, ishlari osonlik bilan tugashiga dalildir. Agar o‘zini Fors shaharlarida ko‘rsa iorso odamlar bilan suhbat gutishiga dalildir. Agar o‘zini Kirmon shaharida ko‘rsa, oilasi ko‘payishiga, Hijoz shaharida ko‘rsa, Haj qilishiga, o‘zini Yaman shaharlarida ko‘rsa, salomat va omon bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini Misr shaharlarida ko‘rsa, shodmon va xurram bo‘lishiga, o‘zini Arman shaharlarida ko‘rsa, murodi hosil bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘zini Mag‘rib shaharlarida ko‘rsa, ishida nuqson yuz beradi. Agar o‘zini Farang shaharlarida ko‘rsa, dunyoviy ishlarining yaxshi bo‘lishi, biroq diniy ishlariiing zaif bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini Shirvon shaharlarida ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir.



Tushda shahar | Тушда шахар
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты