Tushda egar | Тушда эгар

EGAR (POLON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar xotinni bildiradi. Agar egarga ega bo‘lganini yoki biror kimsadan pulga sotib olganini ko‘rsa, xotin olishi yoki kanizak sotib olishini bildiradi. Agar orqasida egar borligini ko‘rsa, xotinga bo‘ysunuvchi va farmonbardor bo‘lishiga dalildir. Agar egari yo‘qolganini ko‘rsa, xotinidan judo bo‘lishi yoki taloq qilishiga dalildir. Agar egari sinib qolganini ko‘rsa, xotini o‘ladi yoki bemor bo‘ladi. Agar egarining tilla yoki kumush bilan ziynat berilganini ko‘rsa, xotini xudbin va takabbur bo‘lishini bildiradi. Agar egarining qora ekanini va hech qanday ziynati yo‘q ekanini ko‘rsa, xotini porso va dindor bo‘lishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar har kim tushida pokiza va yangi egarga ega bo‘lganini ko‘rsa, soliha va mastura ayolga uylanishini va undan xayru manfaat ko‘rishini bildiradi. Agar qo‘pol va kir egarga ega bo‘lganini ko‘rsa, urushqoq va quloq solmaydigan xotin olishini va undan zararlar ko‘rishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar yetti narsaga dalildir: ulug‘likka; izzatga; martabaga; rayosatga; yuksaklikka; yaqinlikka; ulug‘ odamga yetishishga. Tushdagi egar yasovchi dallol ayol bo‘lib, dallollik uning ishidir. Vallohu a’lam bi-s-savob. EGAR (ZIN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar, agar ulov ustida bo‘lmasa, ayolni bildiradi. Agar ulov ustida bo‘lsa, uning chiroyli va xunuk ekanligi egar sohibiga ta’bir qilinadi. Agar tushida egar sotib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, kanizak sotib olishi yoki xotin olishi hamda ko‘p molga ega bo‘lishini, ehtimolki, merosga ega bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar egari sinib qolganini ko‘rsa, xotini o‘ladi yoki bemor bo‘ladi. Agar egarining tilla yoki kumush bilan ziynat berilganini ko‘rsa, xotini xudbin va takabbur bo‘lishini bildiradi. Agar egarining qora ekanini va hech qanday ziynati yo‘q ekanini ko‘rsa, xotini porso va dindor bo‘lishiga dalildir. Tushdagi egar yasovchi dallol ayol bo‘lib, dallollik uning ishidir. Vallohu a’lam bi-s-savob. An-nobulsiy: U tushda g’am-tashvish va qiyinchiliklarning ketishi va safar taraddudini ko’rishga ishoradir.



Елена Темникова - Как на фантиках Love Is
[Вступление] Я что-то о тебе знаю И что ты мне теперь скажешь? Ведь всё, что знаем о любви, мальчик...

Ю. Визбор - Песня альпинистов
Вот это для мужчин - рюкзак и ледоруб, И нет таких причин, чтоб не вступать в игру. А есть такой...

Too Much - Френдзона
Ты вчера поцеловал меня, а-а Это было так глупо Как вообще все получилось так, а-а Ведь я твоя...

14 Bis - Melhor (Pra Você)
Agora que eu te perdi Теперь, когда я потерял тебя A vida ficou melhor Жизнь стала лучше Não quero...

aikko - Лишним
Я иду по улице, Я иду по самому большому городу, Я жадно ищу глазами всё то, что рифмуется И...

Roman Voloznev - Бликами
Не надо больше лжи ни тебе, ни мне Нам хватит на двоих с тобой вполне Останемся сейчас наедине И...

Юлия Савичева - 003 Отпусти Меня [Высоко]
Город одинокий спит Он заданье знает, но молчит О своем молчит Руки протяни к нему Свою душу покажи...

Ю. Бужилова - Колыбельная волкам
Он выходит каждый вечер Он садится на качели У него глаза безумца Он поёт колыбельную волкам. Он...

KARTASHOW, GRECHANIK - Наш мотылёк
[Куплет 1] 4 утра, я у подъезда С цветами наперевес Ты не открываешь, это по-детски Не верю, что...

ФРИК ПАТИ - Ты хотела знать
[Текст песни "Ты хотела знать"] Припев: х2 Ты хотела знать Что могу рассказать О любви, и показать...


Добавить комментарий