Tushda yuz (odam yuzi) | Тушда юз (одам юзи)

YUZ (RO‘Y) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida o‘z yuzini asliga qaraganda chiroyliroq holda ko‘rsa, uning sharafi va e’tibori ziyoda bo‘lishini bildiradi. Yuzini noxush va xunuk holda ko‘rsa, obro‘yi kam bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzini qizil va sof holda ko‘rsa, odamlar orasida yorug‘ yuzli bo‘lishini bildiradi. Tushida yuzini sariq yoki qora ekanini ko‘rsa, buning aksidir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida yonoqlarini qizil va toza holda ko‘rsa, mashhur bo‘lishiga dalildir. Tushida yonoqlarining oqarib qolganini ko‘rsa, dinining baquvvat bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Ammo odamlariki, yuzlari oqarur, ular Alloh rahmatida bo‘lurlar va ul rahmatda xamisha qolurlar (Oli Imron surasi, 107-oyat). Tushida yonoqlarini sarg‘aygan holda ko‘rsa, bemor bo‘lishini bildiradi. Yonoqlari qora ekanini ko‘rsa, xalq orasida rasvo bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzi qora hamda oq liboslar kiyganini ko‘rsa, oilasida qiz tug‘ilishini bildiradi. Tushida yuzi qoraga bo‘yalganini ko‘rsa, mushrik bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzi qon bilan bo‘yalganini yoki yuzidan zardob oqib tushayotganini, biroq hech qanday jarohat yo‘qligini ko‘rsa, moliga ziyon yetishini bildiradi. Tushida yuzi qiyshayib qolganini ko‘rsa, ahvolining yomon bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzida xol borligini ko‘rsa, qarzdor bo‘lishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida yuzini oynada yoki suvda chiroyli holda ko‘rsa yoki kimdir unga yuzining chiroyli ekanini aytganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishini bildiradi. Bordiyu xunuk ekanini ko‘rsa, ta’biri aksinchadir. Tushida yuzini qizil ko‘rsa, birov bilan tortishib qolishini va g‘azabini ichiga etishini bildiradi. Tushida yuzini oq va ravshan ko‘rsa, toat tavfiqini topishini bildiradi. Yuzini qora holda ko‘rsa, g‘amu anduh hamda kofir bo‘lish xavfi borligini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Qaysi birlariga qiz (ko‘rgani haqida) xushxabar berilsa, g‘azabi kelib, yuzlari qorayib ke-tar (Nahl surasi, 58-oyat). Tushida yuzida jarohati borligini ko‘rsa, uning miqdoricha, g‘amu anduh tortishini bildiradi. Tushida yuzini tirnalganini ko‘rsa, ishlarida va oila ahvolida nuqson yuz berishiga dalildir. Tushida o‘zida ikkita yuz borligini ko‘rsa, munofiq ekaniga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.) tushda yuzni ko‘rish sakkiz narsani bildiradi: izzat va ulug‘likni; xorlik va haqoratni; ishlarning batartib bo‘lishini; dinu diyonatni; anduh va rasvolikni; qarzni; yaxshilikni; toatdan tavfiq topishni. Bashara | Башара Ibn Sirin: Uning qoraligi tavilda dinni tark qilishga rahbarlik qilishga dalolat qiladi. Kimning yuzi qoraysa va oq kiyim kiyib olgan bo’lsa, qiz farzandli bo’ladi. Kimning yuzi qora, kiyimi iflos bo’lsa, uning tushi Allohga yolg’on to’qiganiga dalolatdir.



Tushda yuz (odam yuzi) | Тушда юз (одам юзи)
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты