Tushda yulduzlar | Тушда юлдузлар

YULDUZLAR (SITORAGON) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi yulduzlar ulug‘larni va amirlarni bildiradi. Quyosh podshohga, oy vazirlarga dalildir. Tushida Zuhal yulduzini ko‘rsa, dehqonlar bilan shug‘ullanishi va ularga molu ne’mat yetqazishiga dalildir, biroq u pastkash, baxil, makkor va aldoqchi bo‘ladi. Tushida Mushtariy yulduzini ko‘rsa, uning taqvodor, solih va yaxshiliklar qiluvchi kishiga ishi tushishiga dalildir, bunday kishi adolatli, insofli va parhezgar bo‘ladi. Agar tushida Mirrix yulduzini ko‘rsa, uning qonxo‘r va badfe’l lashkarboshiga ishi tushishiga dalildir. Tushida Zuhra yulduzini ko‘rsa, uning xodimlar, xotinlar va ulug‘vor ayollar bilan bog‘liq bo‘lishiga, ulardan yaxshilik va rohat topishiga dalildir. Utorud yulduzini ko‘rsa, olimlar, donolar va hakimlar bilan aloqasi bo‘lishi yee ulardan foydalar topishiga dalildir. Agar yulduzlardan biri u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, qadr va obro‘ topishiga dalildir. Agar ravshan bir yulduzning yerga tushganini va yorug‘i yo‘q bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha diyorning ulug‘ bir olimi halok bo‘lishiga dalildir. Yorqin yulduzlar olimlarni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: . . .Yulduzlar bilan esa ular yo‘l topurlar (Nahl surasi, 16-oyat). Agar yulduzlarning silkinayotganini ko‘rsa, podshohlar va ulug‘lar orasida fitna va g‘avg‘o yuz berishiga dalildir. Agar osmondagi bir yulduz boshiga qo‘nganini ko‘rsa, o‘sha yulduzning nuriga yarasha podshohdan molu ne’mat topishiga dalildir. Agar yulduzni qo‘li bilan olganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishi va bu farzand podshohning yaqini bo‘lishiga daliddir. Agar uyi ichida yulduzni ko‘rsa, farzandlari ko‘p bo‘lishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, agar yulduzlarning tarqalib va sochilib ketganini ko‘rsa, podshohlar tarqab ketishi va ishlarining yomon bo‘lishiga dalildir. Agar baxtli (sa’d) yulduzlarning o‘zaro yig‘ilganini va ularning yaxshi holatda ekanliklarini ko‘rsa, podshohlarning ishlari yaxshi va yoqimli bo‘lishiga dalildir. Agar yulduzlarni yeb yuborayotganini ko‘rsa, podshohdan manfaat topishiga dalildir. Agar tush egasi yulduzlarning uyidan chiqib ketayotganini ko‘rsa, farzandlari podshohning yaqinlari bo‘lishiga dalildir. Agar yulduzlar unga mute va farmonbardor ekanini ko‘rsa, podshohlik topishiga dalildir. Agar yulduzlar bilan yaxshi so‘zlashayotganini ko‘rsa, podshoh odil va adolatparvar bo‘lishiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, podshoh zolim va sitamgar bo‘lishini bildiradi. Agar yulduzlarning o‘zaro jang qilayotganlarini ko‘rsa, o‘sha diyorda jangu jadal bo‘lishiga dalildir. Agar yulduzlarni olib, yengiga solayotganini ko‘rsa, mol hosil qilishiga dalildir. Jobirning aytishicha, yulduzlardan bittasi uning qarshisida oshifta va hayron ekanini va quchog‘iga tushganini ko‘rsa, uning oilasida aziz va qadrli bir farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar baxt yulduzi (sitorai toli’) o‘z manzilida ekanini ko‘rsa, ngsli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar yulduzni o‘payotganini ko‘rsa, podshoh lashkaridagi bir ulug‘ odamga xizmat qilishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, yo‘lchi yulduzlarni ko‘rish xayriyat, ulug‘lik va foydaga dalildir. Odamlar topinadigan yulduzlarni ko‘rish yomonlik va zararga dalildir. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha tushdagi yulduzlar to‘qqiz narsani bildiradi: faqih (huquqshunoslarni); olimni; qozilarni; xalifalarni; rizqni; kotiblarni; xazinachilarni; jangchi odamlarni; shogirdlarni. Agar bir yulduzga ega bo‘lganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan qismdagi odamlar ustidan farmonbardor bo‘lishiga va bu toifa odamlardan foydali yo‘l topishiga dalildir. Aytishlaricha, Bag‘dodda bir yaxshi kishi tushida bir yorug‘ yulduzning yerga yiqilganini ko‘ribdi va ta’birchining oldiga borib, bu voqeaning ta’birini so‘rabdi. Ta’birchi unga: Bir fozil olim yoki qozi o‘ladi — debdi. O‘sha hafta Abu Hanifa (Imomi A’zam) vafot qilgan ekan.



Tushda yulduzlar | Тушда юлдузлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda quyosh | Тушда куёш
Tushda quyosh | Тушда куёш


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты