Tushda o’lik kafani | Тушда улик кафани

O‘LIK KAFANINING TA’BIRI (TA’VILI KAFANI MURDA) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida tanish bir murdani kafanlagannini ko‘rsa, dunyoda o‘sha odamning yo‘lini tutishga intilishiga dalildir, agar u olim bo‘lsa, ilm yo‘lini, moldor bo‘lsa, mol topish yo‘lini qidiradi. Tushida murdaning kafanini yecha olsa o‘sha murda go‘rda tirik ekaniga va o‘sha o‘likning ahvoli go‘rda yaxshi ekaniga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi murda uch narsani bildiradi: molni; mushkil bir ishning hal bo‘lishini; dinning buzilishini. Tushida o‘lik unga qaraganini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalildir. Agar o‘likning tirilganini ko‘rsa, mushkil bir ishning hal bo‘lishiga dalildir. Agar amalidan tushgan bo‘lsa, amal topadi, podshoh bo‘lsa, ilmu hikmati ziyoda bo‘ladi, umidi bo‘lsa, ro‘yobga chikadi, bir ishda taradyuddi bo‘lsa, bu ish anikdashadi. Alloh ta’olo aytadi: Bas, o‘ldirdi Alloh ta’olo uni yuz yil-ga qadar, keyin uni tirgizdi (Bahara surasi, 259-oyat). Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir amal sohibi yoki birorta olim tirilganini ko‘rsa, o‘sha odamlarning mazhabi (yo‘li) va odatlari, yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa, qayta tirilishiga dalildir. Tushida murda uni quchog‘iga olganini ko‘rsa, umri uzoq va ishlari yuqori darajaga ko‘tarilishiga dalildir. Tushida o‘likka bir narsa berganini ko‘rsa, o‘sha narsaning aziz bo‘lishi va narxi yuqori bo‘lishiga dalildir. Yana aytishlaricha, o‘lik kechirilgan hamda shahid bo‘lganini bildiradi. Agar o‘lik undan taom so‘raganini ko‘rsa, o‘lik undan sadaqa umid qilishini bildiradi.



Tushda o’lik kafani | Тушда улик кафани
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Tushda o’likning tirilishi | Тушда уликнинг тирилиши
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты