Tushda o’likning tirilishi | Тушда уликнинг тирилиши текст

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa. Agar tirikni o‘lgan holda ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir, xususan, yuzi g‘amgin holda bo‘lsa. Agar o‘lgan otasini tirik, xurram va ochiq yuzli holda, pokiza libosda ko‘rsa, davlat va iqbol topishiga, ishlari soz bo‘lishiga dalildir. Agar onasini tirik holda ko‘rsa, g‘amdan qutilib, shod bo‘lishiga dalildir. Agar ayol kishi tushida o‘g‘lining tirilganini ko‘rsa, safardagi kishisi qaytib kelishiga dalildir. Agar begona bir o‘lik tirilganini ko‘rsa, o‘sha murdaning qarindoshlari yaxshi holatda bo‘lishlariga dalildir. Agar tirikni o‘lib qolganini ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi. Tushida o‘likni tiriltirganini ko‘rsa, g‘ayridin odam uning qo‘lida musulmon bo‘lishiga dalildir. Jobir Magribiy (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida o‘lgan ota va onasini g‘amgin va eski liboslarda ko‘rsa, davlati va iqboliga nuqson yetishiga dalildir, chunki u X,aq ta’olo saroyidadir. Tushda o‘likni qay ahvolda ko‘rsa, o‘ngida tirikning ahvoliga dalildir. Agar tushida otasini yoki ota-onasini ochiq yuzli va pokiza kiyimlarda ko‘rsa, ko‘p ne’mat topishiga dalildir. Agar o‘lgan aka yoki ukasini yuqorida aytilgan holatda ko‘rsa, sharaf, ulug‘lik va obro‘ topishiga dalildir. Buning aksini ko‘rsa, ta’biri ham aksincha bo‘ladi. Kirmoni (r.a.)ning aytishicha, tushida murdani ko‘rib, sen murdamisan, deb so‘rasa, murda esa, yo‘q tirikman, deb javob berganini ko‘rsa, murdaning ahvoli u jahonda yaxshi bo‘ladi. Va bu oyat murda nima desa, to‘g‘ri ekanligiga dalildir. Agar murdaning shod va xurram holda o‘z uyiga kirganini va o‘tirganini ko‘rsa, sadaqa va duolar unga yetayotganiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik o‘z uyida uni quchog‘iga olganini ko‘rsa, tandurust va salomat bo‘lishiga, davlat va iqbol topishiga dalildir. Agar bu murda o‘z qarindoshlaridan bo‘lsa, undan duo va sadaqa umid qilayotganiga dalildir. Agar har kim o‘z oilasidan bo‘lgan o‘likni shod ko‘rsa, ahli oilasi shodlikda va xurramlikda bo‘lishlariga dalildir. Agar o‘likni xo‘mraygan va g‘amgin holda ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar oilasidan bo‘lgan bir o‘lik unga tashlanganini va tortishganini yoki undan yuz o‘girganini ko‘rsa, o‘sha murda vasiyat qilgan bo‘lsa, vasiyatini amalga oshirmaganiga dalildir. Tushida o‘lik uning oldiga shodu xandon holda kelganini ko‘rsa, duo va sadaqa unga yetganiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, uning haqida nuqsonga yo‘l qo‘yganiga dalildir. Tushida o‘lik bilan yaxshi gaplashganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar yomon gaplashsa yoki unga nasihat qilsa, ta’biri boshqacha bo‘ladi. Agar o‘lik unga ilm va hikmatdan gapirsa yoki unga va’zu nasihat qilsa, tush ko‘ruvchining din va diyonatda solih va yaxshiligiga dalildir. Agar o‘likni tirikligidagi holiga nisbatan yaxshiroq holda ko‘rsa, liboslari pokiza bo‘lsa, ishlarining oxiri xayrli va saodatli bo‘lishiga dalildir. Hofiz Muabbirning aytishicha, tushida murdaga iltifot qilmaganini va so‘z aytmaganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchi o‘lik uchun sadaqa qilishi va haqiga duo qilishi kerak bo‘ladi. Agar murdani xo‘mraygan va g‘amgin ko‘rsa, osiy va gunohkor bo‘lishiga dalildir. Tushida murdaninig yig‘laganini va yana kulganini ko‘rsa, o‘sha murdaning musulmon holda o‘lmaganiga dalildir. Agar murdaning yuzini qoraygan holda ko‘rsa, kofir bo‘lib o‘lganiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Ba’zi yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang. . . (Oli Imron surasi, 106-oyat). Agar o‘likni ezilgan va libossiz holda ko‘rsa, bu murdaning holini bildiradi. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida murdaning namozda turganini ko‘rsa, murda tiriklik paytida ko‘p istig‘for aytganiga dalildir.



Юрий Лорес - Что наша жизнь
Что наша жизнь? - одни ошибки, слова и звуки - просто плач. Так убери подальше скрипку, мой...

Элхэ Ниэннах - Девять
Девять крылатых теней над спящей землей, Девять коней - по дороге цокот копыт, Девять путей - да...

ESKIN feat. IROH - Шампанское
[ "Шампанское"] Я не иду на риск Я просто пью шампанское (А-а, У-у) Она уходит вниз Я уже не в...

Карина Кокс
...

Ringo STARR - Easy For Me
Ringo Starr - Easy For Me Ringo Starr - Easy For Me (Harry Nilsson) (Harry Nilsson) Nobody loved...

ONINO - Фаталити
Первый Куплет: ONINO Раз два три четыре пять Я иду спать. Всё, чем можно обладать - Там могу взять....

Vlad Tattoo & АрМянский ПуЛьс - Billboard
Первый Куплет: Я лечу лишь только вверх и все хотят меня задеть Твои чика меня любит и со мною...

Kara Kross - Не враг
Ты мне не друг, не враг. Ты мне не друг, не враг. Но я нашу твою футболку просто так. Ты мне не...

Элизиум - Я кричу!
День лишь гаснет на ветру, но асфальт почти остыл. Я пока ещё иду, но куда - уже забыл. То, что я...

Тина Кароль - Лодочка
Вступление: Раскололось небо, потеряны в грубости И зашиты от нежности, доверия минимум Я...


Добавить комментарий