Tushda o’tga sig’inmoq | Тушда утга сигинмок

O‘TGA SIG‘INMOQ (OTASh PARASTIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, o‘tga sig‘inayotganini va sajda qilayotganini ko‘rsa, zolim podshohga sajda qilishi va uning xizmatiga mashg‘ul bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Agar tandirga, olovga yoki chiroqqa sajda qilayotganini ko‘rsa, ayollar xizmatiga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar o‘tni o‘payotganini va unga sig‘inayotganligini ko‘rsa, podshohga axborot beruvchi bo‘lishiga dalildir. Agar o‘t ichida yurib ketayotganini ko‘rsa, shunga yarasha podshohdan foyda topishiga dalildir. Olov uning yuzidan, libosidan yoki qo‘lidan yorug‘lik tarqatayotganini ko‘rsa, chunonchi, xalq uning nuridan hayratda ekanini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishi va ikki dunyoda murodi hosil bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Qo‘lingni qo‘yninga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo‘lib chiqur. . . (Naml surasi, 12-oyat). Va bu Hazrati Musoning Fir’avnga qarshi ko‘rsatgan mo‘’jizalaridan biri edi. Ismoil Apgask (r.a.)ning aytishicha, biror kimsa tushida o‘tga sig‘inayotganini ko‘rsa, mirshablik qiladi va agar olov cho‘g‘ shaklida bo‘lsa, dindan maqsadi mol to‘plashdan iborat bo‘ladi va ko‘p harom mol topadi.



Tushda o’tga sig’inmoq | Тушда утга сигинмок
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты