Tushda o’tin | Тушда утин

O‘TIN (HIZO‘M) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi quruq yoki ho‘l o‘tin xusumat va chaqimchilik bo‘ladi. Tushida uyiga o‘tin olib kelganini ko‘rsa, o‘tinning mikdoricha o‘sha shaharda yoki uyda jang va xususamt yuz berishiga dalildir. Tushida begona bir odam unga o‘tin berganini ko‘rsa, o‘tinning miqdoricha begona odamlar bilan uning o‘rtasida jang va xusumat yuz berishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘rmon yoki daladan har xil o‘tinlarni yig‘ib yurganini ko‘rsa, bu odamning badkirdor, hasadchi va chaqimchi ekaniga va tezda baloga uchrashiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Shuningdek, o‘tin tashuvchi xotini ham. Bo‘ynida puxta eshilgan arqoni ham bo‘lur (Masad surasi, 4 —5-oyatlar). Tushida daraxtlardan o‘tin yig‘ib yurganini ko‘rsa, ulug‘ va muhtasham odamlar orasida uning imtihon qilinishiga va u esa tagi yo‘q gaplarni gapirishiga dalildir. Agar o‘tin yig‘ayotgan daraxtlari mevali daraxtlar bo‘lsa, ulug‘ himmatli ulug‘ odamlar orasida bo‘lishi va e’tibor topishiga dalildir. Umuman, tushda ho‘l yoki quruq o‘tin ko‘rish yaxshi emas.



Tushda o’tin | Тушда утин
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты