Tushda qalam, ruchka | Тушда калам, ручка текст

QALAM (QALAM) Ta’birchilar qalam ta’biri haqida har xil fikrdalar. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, qalam Haq amri bo‘lib, Haq ta’oloning Qalam va Lavhi mahfuzga ehtiyoji yo‘q. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, qalam bir farishta bo‘lib, Xudoyi ta’oloning farmonini bajaradi. Agar tushida Qalamni o‘z asl shaklida ko‘rsa, oqil podshohga ishi tushishiga dalil bo‘ladi. Agar tushida qo‘liga qalam olganini ko‘rsa, oilasida olim farzand tug‘ilishiga dalildir. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘lidagi qalam bilan biror narsa yozganini ko‘rsa, ilm o‘rganishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi (Alaq surasi, 5-oyat). Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qalam besh narsani bildiradi: Haq ta’olo amrini; farishtani; boylikni; ishlarning haqiqatini; farzandni. QALAM (XOMA) (xozirgi ruchka) Xoma — bu qalam (hozirgi ruchka)dir. Agar tushida qalam topsa yoki kimdir unga bersa, ilm topishiga, ishlari yaxshi bo‘lishiga va murodiga yetishiga dalildir. Agar tushida qalam bilan biror narsa yozganini ko‘rsa va yozgan narsa yaxshilikni bildiruvchi bo‘lsa, yaxshilikka dalildir, agar yomon narsa yozilgan bo‘lsa yomon holatga dalildir. Agar tushida qalam bilan yozganini ko‘rsa, safardagi g‘oyibi tez qaytishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida qalam bilan qo‘liga yozilganini ko‘rsa, u ahli ilmdan bo‘lsa ulamo va fuzalolar bilan suhbatdosh bo‘lishiga dalildir. Agar tushida qalam bilan biror narsa yozganini va o‘qiganini ko‘rsa, uning o‘limiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: (Unga aytilur): Kitobingni o‘qi! Bugun o‘z shaxsing o‘zingga qarshi yetarli hisobchidir (Isro surasi, 14-oyat). Biroq yozgani ahli sunnat a jamoatning kitobiga muvofiq bo‘lsa obro‘ va e’tibor topishiga dalildir. Tushida qo‘lidagi qalami sinib qolganini ko‘rsa, agar olim bo‘lsa hurmati kam bo‘lishiga va ishidan ravnaq ketishiga dalildir. Agar tushida singan qalam bilan yozayotganini ko‘rsa, yozgani chorpolar va parrandalar borasida bo‘lsa, bu narsa o‘sha odamlarning tabiatidagi suvrat va siyratiga dalil bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi qalam yetti narsani bildiradi: hikmatni; farmonni; ilmni; ogohlikni; hokimlikni; ishlarning to‘g‘ri bo‘lishini; murodu maqsadga yetishini.




Doug Duke - Body And Soul
My heart is sad and lonely Мое сердце грустно и одиноко For you I sigh, for you dear only Для вас я...

Вика Воронина - Самонавигация
[Куплет 1, Вика Воронина] Ты по телу моему проложил маршрут Но тебя рядом нет, а мои руки тут Я...

Allj (Элджей) - Воу
Cо мной мои бродяги, холодный красочный октябрь, Кто-то из них дыма раздобыл. Ветер гладит меня по...

Артем Качер - Стреляй
[ "Стреляй"] Знаешь, меня снова дразнит Ночью твое фото Разговоры о любви Снова твое тело не дает...

Юлия Рай - чому він не мій
Комусь я посміхнусь зранку, а в комусь я помилюсь аж до рани, мамо, ти чуєш, йому прикро, він каже...

SQWOZ BAB, Kyivstoner - Тройничок
[Вступление, SQWOZ BAB]: Трр! Трр! Пацаны все хотят одинаково Тройничок, чтобы ты заплакала Я, я,...

Sofia Karlberg - Stay
All along it was a fever Все вместе это было лихорадка A cold sweat hot-headed believers Холодный...

Luxor - Sexy
[ "Sexy"] Припев: х2 Я бы не говорил тебе о том, что ты просто sexy Если я больше не верю в любовь...

Джарахов - Дегенерат
Куплет: (Что?) В туалете нет бумаги - возьму аттестат (what?) Я ушёл после девятого, и я богат...

Idris & Leos - Любить как прежде
[ " Любить как прежде"] Вступление: Leos Я снова к тебе, хоть ты и не ждешь Забыв обиды, прости за...


Добавить комментарий