Tushda qamoq, zindon | Тушда камок, зиндон

QAMOQ (ZINDON) Ibn Sirinning aytishicha, kimki o‘zini qamokda ekanini va bu qamoqxonani aslo ko‘rmagan bo‘lsa, halok bo‘lishiga dalildir. Chunki, notanish qamoqxona go‘rni bildiradi. Agar tanish qamoqni ko‘rsa, anduh va zararni bildiradi. Kirmoniyning aytishicha, tush sohibi yaxshi odam bo‘lsa va o‘zini tanish qamoqxonada ko‘rsa, ulug‘lik va e’tibor topishiga dalildir. Agar yaxshi odam bo‘lmasa, dunyo mashg‘ulotlari jihatidan unga g‘am va qayg‘u yetishiga dalildir. Agar qamoqxona boshlig‘i bilan qo‘llari band holda ketayotganini ko‘rsa to‘xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga dalildir. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda tanish qamoq boshlig‘ini ko‘rsa, xalos bo‘lish va ishlarining oqibati yaxshi bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: (Yusuf) dedi: Ey, Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko‘ra zindon ma’qulroqdir. . . (Yusuf surasi, 33-oyat). Agar qamoq boshlig‘i notanish bo‘lsa, go‘r, g‘am va qayg‘uga dalildir. Agar qamoqqa tushib qolganini va tezda qaytib chiqqanini ko‘rsa, xalos topishiga dalildir.



Tushda qamoq, zindon | Тушда камок, зиндон
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты