Tushda qilich | Тушда килич

QILICH (SHAMSHIR) Tushda ko‘rilgan qindagi qilich ayolni, qinsiz qilich molni va mansabni bildiradi. Agar ayol kishi tushida qo‘lida qilich borligini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ishiga dalildir. Agar qilichi qinida sinib qolganini ko‘rsa, bolasi qornida o‘lishiga dalildir. Agar erkak kishi tushida yalang‘och qilichi borligini va uni birovga urmoqchi bo‘lib turganini ko‘rsa, biror kishiga bir so‘z aytishiga dalildir. Agar birovga qilich urganini va qilich ta’sir qilmaganini ko‘rsa, zarar bo‘lishi va nasli qirqilishiga dalildir. Agar bo‘yniga qilich osib olganini ko‘rsa, viloyatga hukm qilishiga dalildir. Agar bir sabab bilan bir kishiga qilich urganini ko‘rsa, urilgan kishining nomi mashhur bo‘ladi. Agar bir kishida ko‘pgina qilich borligini yoki unga berganlarini ko‘rsa, boy bo‘lishiga dalildir. Agar undan qilichini olib qo‘yganlarini ko‘rsa, amalidan tushishiga dalildir. Agar beliga qilich osib olganini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalildir. Agar tushida oltin kamari borligini ko‘rsa, bir rahbardan rohat topishiga dalildir. Agar qilichi po‘latdan ekanini ko‘rsa, ishlari mustahkam bo‘lishiga dalildir. Agar qilichi marvariddan ekanini ko‘rsa, olimlardan foyda topishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qilich, bepgga narsani bildiradi: farzandni; hokimlikni; muhabbatni; foydani; g‘alabani. Tushdagi qilich yasovchi kuchli va fasohatli kishidir.



Tushda qilich | Тушда килич
Tushda yalang`och bo`lsa nima bo`ladi.
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты